Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
138 operatsiyalarining baholari. 5. Moliyaviy ko’rsatkichlarga esa quyidagilar kiradi: • korxona (firma)ning foydasi, foyda balansi tahlili; • rentabellik darajasi; - qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi; • korxonaning aktsiyalari kursini tahlil qilish ko’rsatkichlari; • inflyatsiya darajasi va muomaladagi pul massasi; • valyuta kursi va bank depozitlari; • ssuda foizi. Korxonaning foydasi ustida to’xtalib o’taylik. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida iqtisodiy dastaqlardan keng ko’lamda foydalanishni taqozo qiladi. Ular jumlasiga foyda, sof daromad, baho rentabellik darajasi, kredit foiz stavkalari kiradi. Ularning ichida foyda ko’rsatkichi korxona xo’jalik faoliyatining belgilovchi sifat ko’rsatkichlaridan eng muhimidir.Misol, «Zebonur» ochiq turdagi xissadorlik jamiyati respublikamizning barcha iste’molchilari uchun tanish bo’lgan firma. Firmaning asosiy faoliyati erkaqlar va ayollar uchun kastyum shimlar tikishdan iborat. 8.4. Turli xil bozorlar kon’yunkturasini tadqiq qilishning o’ziga xos xususiyatlari Marketing tadqiqotlarida bozor kon’yunkturasini istiqbollash o’ziga xos tamoyillarga asoslanadi, bular quyidagilardan iboratdir: komplekslik tamoyili marketing tadqiqotlarida bozorni har tomonlama tahlil va istiqbollashni anglatadi; muntazam yondashish tamoyili asosida amaliy jihatdan kompleks istiqbollashni amalga oshirish imnonini beradigan usul va iqtisodiy matematik modellarni yaratish yotadi; istiqbollashning uzluksizlik tamoyili, bu bozor kon’yukturasining xususiyatlaridan kelib chiqadi va u doimiy ravishda hisoblaladi. Uzluksizlik tamoyilining mohiyati shundan iboratki, istiqbollash firmaning operativ, oylik, kvartal, yarim yillik, yillik va kelajakdagi rejalari orasida to’g’ridan-to’g’ri aloqa bo’lishi taqozo qilinadi; istiqbollashniig muqobillilik tamoyili, turli yo’nalishlar bo’yicha turli xil o’zapo aloqadorlik va strukturali nisbatlar, bozor kon’yukturasi imkoniyatlari bilan bog’liqdir; istiqbollashning ehtimollilik xarakteri, tasodifiy jarayonlarning mavjudligini hamda istiqbollashtiriladigan jarayonlarning miqdor jihatidan bir turligi va barqarorligini saqlashdagi farqlarni aks ettiradi, muqobillilik esa bozor kon’yukturasini tahlil qilishning sifat jihatdan turli xil variantlari,imkoniyatlari haqidagi taxminlardan kelib chiqadi. Marketing faoliyatida bozorni tadqiq qilish va istiqbollash usullarini 4 ta katta sinfga bo’lishimiz mumkin. Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling