Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
140 
Fisher (F), Darbin-Uotson (DW), Neyman (N) va boshqa me’zonlardan foydalanish 
mumkin.
Regressiya tenglamasini tahlil va istiqbollashda natijaviy ko’rsatkichning omilga 
nisbatan elastiklik koeffitsentidan ham foydalaniladi. Elastiklik koeffitsienti (E) omilning 
1% ga o’zgarishi bilan natijaviy ko’rsatkichning o’rtacha necha foizga o’zgarishini 
ifodalaydi: 
E =
y


xy 
y 
Bu yerda 
xregressiya tenglamasining x bo’yicha xususiy hosilasi.
Demak, shunday xulosaga kelishimiz mumkin. Marketing tadqiqotlarida korrelyatsion-
regression modellashni qo’llab tahlil va istiqbollashni amalga oshirishda yuqorida 
keltirilgan me’zonlar hisobga olinsa shak-shubhasiz ilmiy asoslangan natijalarga erishiladi. 
SHu bilan birga bozorning o’zgarishiga ko’ra firmaning holatini belgilash bo’yicha tuzilgan 
marketing tadbirlari ko’zlangan samarani beradi.
Bozor kon’yukturasini tahlil va istiqbollash natijalari firmaning biznes reja tuzishda 
yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga solishda va boshqarishda keng 
qo’llaniladi. 
 
9-MAVZU. FIRMANING ICHKI VA TASHQI BOZORDAGI BIZNES 
STRATEGIYaSINI TANLASH 
 
9.1. Firmaning ichki va tashqi bozordagi biznes strategiyasi umumiy kontseptsiyasi. 
9.2. Yangi tovarlarni bozorga chiqarish holatini tahlil qilish.
9.3. Moliyaviy oqimlar tizimi.
9.4. Yangi tovarni yaratish jarayoni va ularni tadqiq qilishning o’ziga xos 
xususiyatlari.
9.5. Boston Konsalting Grupp (BKG) matritsasi, uning afzalliklari va kamchiliklari.
9.1. Firmaning ichki va tashqi bozordagi biznes strategiyasi umumiy 
kontseptsiyasi 
Strategik marketing faoliyatini rejalashtirish tovarlarga bo’lgan ehtiyojni, barcha 
mavjud moddiy resurslarni aniqlashni, talab va taqliflarni, sotishni rejalashtirishni va 
tovarlarni iste’molchilarga o’z vaqtida va to’liq yetkazib berishni, servis xizmatlari 
ko’rsatishni, moddiy resurslardan to’la va tejab-tergab foydalanish va hokazolarni o’z ichiga 
oladi.Tovarlarni iste’molchilarga sotish rejalashtirilayotganda iste’mol qilinmay qolgan 
materiallar, davlat buyurtmalari, ichki imkoniyatlardan foydalanish to’g’risidagi topshiriqlar 
va materiallarga berilgan byurtmalar hisobga olinadi.Tovarlar ishlab chiqaruvchilardan 
iste’molchilarga o’z vaqtida va to’la yetib borishini rejalashtirish maxsus talabnomalarni 
solishtirishni, ularni bajarish uchun tovarlarni yetkazib beruvchilariga topshirishni, 
materiallar yetkazib berish hajmi va muddatlarni belgilashni, qanday transport vositalari 
bilan tashishni va sotish shakllarini belgilashni hamda tovarlarni omborlarga keltirishni o’z 
ichiga oladi. Tovarlarni to’g’ri tejab-tergab sarflashni rejalashtirish xom ashyo materiallari 
va yoqilg’i sarfini normallashtirishni, uskunalar, mashina va mexanizmlardan foydalanish 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling