Biznesni tadqiq etish usullari
147
Jadval shundan dalolat beradiki, tovarlarga qanchalik yuqori yoki past baho
belgilanishi ularning sifatiga, bozordagi talab va taqlif orasidagi nisbatga,
marketologlarning faollik darajasi va ularning tanlagan strategiyalariga bog’liq.
Narx-navoni tashkil qilish, baho siyosatida katta xarajatlarini talab qiladi. Lekin
firmalar o’zgaruvchan baholar samarali marketing faoliyatining muhim omillaridan biri
ekanligini tushunib yetib bu xarajatlardan qochmaydi. SHu sababli marketing xizmati
tarkibida baholar hisoblash usulini tanlovchi, narx-navoni tashkil qilish bilan
shug’ullanuvchi alohida bo’linmalar mavjud.
9.5. Boston Konsalting Grupp (BKG) matritsasi, uning afzalliklari va
kamchiliklari
«Bozor ulushi - bozor o’sishi» matritsasi (portfolio-tahlil). Portfolio-tahlil yoki
«bozor ulushi - bozor o’sishi» matritsasi XX asrning 60-yillari so’ngida Amerikaning
«Boston konsalting grupp» konsalting firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu model,
asosan, mahsulotning hayot tsikliga va tajriba egri chizig’i kontseptsiyasiga asoslangan.
Eng asosiy Portfolio kontseptsiyalari. Turli Portfolio kontseptsiyalaridan «bozor
o’sishi - bozor ulushi» va «bozorning jalb qilish darajasi raqobatdagi ustunlik» modellari
eng katta amaliy ahamiyatga ega. Bu ikkala kontseptsiya ikki koordinatali matritsa
yordamida SICHBning strategik vaziyatini aniqlab beradi. Matritsada o’xshash
boshlang’ich strategik vaziyatdagi SICHB bir jinsli yig’indiga birlashtiriladi. Ular uchun
maqsadli va strategik rejalashtirishda hamda korxona resurslarini taqsimlashda
qo’llaniladigan harakatlarning bazis namunalari (normativ strategiyalar)ni aniqlab berish
mumkin.
Kontseptsiyaning o’ziga xos xususiyatlari SICHB to’rtta katakdan iborat matritsada
joylashadi.
9.2-chizma. “Boston konsalting grupp” matritsasi
Do'stlaringiz bilan baham: |