Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
144 
- xarajatdagi afzallik samaradorligi bo’yicha ikkinchi sotuvchining qilgan 
xarajatlariga nisbatan bahoni ortiq tushira olmaydigan kuchli xaridorlardan himoya qiladi; 
- kam xarajatlar mol yetkazib beruvchilarga afzallik yaratadi, baholarning ko’tarilishi 
esa yetakchiga kamroq ta’sir qiladi; 
- kam xarajatlar bozorga kirishda katta to’siqlarni hosil qiladi; 
- o’rinbosar tovarlarning paydo bo’lishi yetakchiga raqobatchisiga nisbatan xarajatlar 
doirasida erkin harakat qilishga imkoniyat beradi. 
 
9.4. Yangi tovarni yaratish jarayoni va ularni tadqiq qilishning o’ziga xos 
xususiyatlari 
 
Baho - tovar qiymatining puldagi ifodasi bo’lib, bozor elementlari ichida eng 
murakkabi hisoblanadi. U o’zgaruvchan, harakatchan, bozordagi kon’yunkturali 
tebranishlarga moslashuvchan, doimo o’zgarib turuvchi mexanizmdir. Uzoq vaqt davomida 
iqtisodiyotimizda barqaror baholar ahvolini tovar va xizmatlar bilan ta’minlashdagi ijtimoiy 
haqiqatning asosiy tamoyilli degan fikr hukmron edi. O’zgarmas baholar barqaror ishlab 
chiqarish rivojiga va talabni qondirishga to’siqlik qiladi. Baholarni tashkil qilishning 
haqqoniyligi illyuziyasini vujudga keltiradi. Bugungi kunda baholar tizimi ancha 
chalkashki, uni tushunib yetish bir muncha murakkab, eng asosiysi u xo’jalik yuritishning 
yangi bozorlar sharoitiga moslashmog’i lozim.
Bozor baholarining asosiy xususiyati - ularning doimo o’zgarib turish qobiliyatidir. 
Bu tabiiy, chunki baholar talab va taqlifni o’zaro bog’lovchi vositadir. Bizga ma’lumki, 
ularning har ikkalasi ham harakatchan. SHuning uchun marketing strategiyasida shunchalik 
harakatchan baholar siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning bozordagi harakatini 
tovar hayotiylik davrini turli bosqichlarini tartibga solish va boshqarishni, bozorga yangi 
iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalarini kiritishni, eskirgan modellarni bozordan 
siqib chiqarishni ta’minlaydi. Baholar hech qachon sababsiz o’zgarmaydi.
Marketingli yechimlar tizimida bahoni tashkil qilishda eng avvalo nimaga ahamiyat 
berish kerak, tovarning birlamchi bahosi qanday bo’lishi, foyda olish uchun va bozorda o’z 
mahsulotini ulushini oshirish uchun uni qanday o’zgartirish kerak?Marketing bo’yicha 
mutaxassislar bu savollarga javob berishga turlicha yondashadilar. Lekin ularning barchasi 
marketing dasturining umumiy strategiyasiga asoslanadi. Bu yondashishlarning asosiylariga 
to’xtalib o’tamiz.
Birlamchi bahoni aniqlashda vaqt birligi ichida baho darajasining o’zgarishini aniq 
hisoblash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu hisoblash bozor segmentiga, tovarning hayotiylik 
davriga, tovarga talab va taqlifning potentsial miqdoriga bog’liq bo’ladi. Marketingda tovar 
siyosati ijtimoiy tovar ishlab chiqarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarishning
taqsimlashning, almashuv va iste’molchining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda 
yuritiladi.
Firma baho siyosatida tovar va xizmatlar birlamchi bahosini o’rnatishga marketing 
nuqtai nazaridan yondashishning o’ziga xos xususiyati xaridor o’z firmasiga doimo 
ishonadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida baholar ahamiyatining ortib borishi kuzatilmoqda, 
chunki mana shu davrda umumiy ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar oshishi iqtisodiy 
qiyinchiliklar bilan uyg’unlashib ketmoqda. Moliyaviy va bank boshqarish tizimlarining 
susayishi, transport va milliy iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi baho 
konkurentsiyasini oshirib yubordi. Baholar darajasi ko’p hollarda xaridor tomonidan 
belgilanadi.



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling