Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

To’liq xarajatlar usuli - hisoblangan baholarga asoslangan. U tovar ishlab chiqarish 
va realizatsiya qilishdagi barcha xarajatlar asosida aniqlanadi. Bu hisoblash usulini shartli 
ravishda quyidagicha ta’sarruf qilish mumkin. Barcha to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar asos 
uchun olinadi. Unga (naqladnoy) xarajatlar va foyda qo’shiladi. Foyda tarmoq o’rtacha 
foyda normasidan hisoblanadi. Bu o’rtacha foyda normasi ssuda foiziga, o’rtacha kapital 
aylanishi tezligiga va tarmoqdagi raqobat darajasiga bog’liq bo’ladi.
O’rtacha xarajatlarga asoslangan baho - asosan yuqoridagi usuldek hisoblanadi. 
Bir birlik mahsulot uchun o’rtacha xarajatlar (doimiy va o’zgaruvchan) aniqlanadi. Agar 
kon’yunktura kam darajada o’zgarsa, ya’ni ishlab chiqarish kamroq kamaysa yoki oshsa, 
baho to’liq xarajatlar darajasidan emas, balki iqtisodiy tsiklning o’rtacha xarajatlariga 
tayanib aniqlanadi. Bu usuldan firma ma’lum muddat ichida baholarni oldingi darajada 
ushlab turish maqsadida ko’proq foydalanadi.
CHeklangan xarajatlar usuli ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bog’liq 
xarajatlarni hisobga olish imkonini beradi. Bu usuldan firma ishlab chiqarish miqdorini 


Biznesni tadqiq etish usullari 
146 
oshirish, bozorda katta ulushga erishish va sotishni kengaytirishga erishish maqsadida 
foydalanadi. CHeklangan xarajatlar - ishlab chiqarishning bir birlik mahsulotga oshishi 
natijasida umumiy xarajatlarning o’zgarishini bildiradi. CHeklangan xarajatlar yuqori yoki 
past bo’lishi mumkin. Bu-talabning harakateri va oshishi ko’lamiga; uning o’zgarish 
davriga, mavjud bo’lgan quvvatlar bilan talabni qondirish imkoniyatiga va boshqa omillarga 
bog’liqdir.
Baholarning normal (standart) ishlab chiqarish xarajatlari asosida hisoblash usuli 
- maxsus baholarni hisoblash usuli sanaladi. Bu usulda - baholar haqiqiy xarajatlardan emas, 
balki mavjud ishlab chiqarish sharoitida, mavjud moddiy va qiymat normativlari asosida 
hisoblanadi. Bu yerda xarajatlar ishlab chiqarish boshlanguncha hisoblab chiqiladi. 
Mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi xom ashyo va materiallarga o’rnatilgan normativlaridan, 
ishchi kuchiga haq to’lash xarajatlari normasidan va (naqladnoy) xarajatlardan olinadi. 
Boshqacha qilib aytganda, baholarni hisoblash ishlab chiqarish quvvatlarini yuklash normal 
miqdoriga nisbatan amalga oshiriladi.

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling