Maqsadli baho yoki maqsadli foyda normasi usulito’g’ridan-to’g’ri xarajatlarni
hisobga oladi. Bu usulda ham asos qilib quvvatlarni ma’lum bir yuklanganlik darajasiga
to’g’ri keluvchi ishlab chiqarish xarajatlari hisoblanadi. Biroq foydani hisoblashga
yondashish boshqacha, ya’ni firma o’z mahsulotiga oldindan shunday baho o’rnatadiki,
unda foydaning aniq bir miqdori o’rnatilgan bo’ladi.
Umumiy qonuniyat shundaki: firma bozorda qanchalik mustahkam mavqega ega
bo’lsa va firmada qanchalik marketing strategiyasi tajribasi ko’p bo’lsa, firmaning hisoblab
chiqilgan baholari bozor bahosiga shunchalik yaqin bo’ladi.
Bozorga mo’ljallangan, marketingdan keng foydalanadigan va ishlab chiqarishga
mo’ljallangan firmalarning moliyaviy siyosatida jiddiy farq mavjud. Birinchisi, bozorda o’z
o’rnini egallash va mustahkamlash uchun qanday qilib baho siyosatidan yaxshiroq
foydalanish, xaridor qanday bahoni qabul qilishi mumkinligini aniqlash, raqobatchilardan
qanday qarshi harakatni kutish kerakligicha diqqatini jalb qiladi. Ikkinchisi esa yuqori sifatli
va past tannarx bilan tovar ishlab chiqarishga harakat qilib, asosiy diqqatni tannarxga
qaratadi. Natijada tovarning xaridorlilik samarasi uno’tiladi. Marketingli sharoitda
o’zgaruvchan baholardan foydalaniladi. Bu baholar talab va taqlifning o’zgarishiga juda
sezgir. SHuning uchun ular bozordagi vaziyatga qarab doim o’zgarib turadi va o’z-o’zini
tartibga soluvchi bozor munosabatlarining asosi bo’lib hisoblanadi.
9.1-jadval
Tovar sifatiga bahoning bog’liqligi hisobga olingan baho o’rnatish
strategiyalari
BAHO
Yuqori
O’rta
Past
Yuqori
1. Mukofotli
chegirmalar
strategiyasi.
2. Bozorga chu-qur
kirib borish stra-
tegiyasi.
3.Yuqori
qiy-matli
ahami-yatchilik
stra-
tegiyasi.
O’rta
4. Yuqori baholar
strategiyasi
5. O’rta dara-jali
stra-tegiya.
6. O’ta sifat-lilik stra-
tegiyasi.
Past
7.O’g’irlash
strategiyasi.
8. «Usti yaltiroqlik»
strategiyasi.
9. Past qiymatli
ahamiyatlilik
strategiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |