Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
141 
ko’rsatkichlarini belgilashni, shuningdek moddiy resurslarni sarflash va asosiy fondlardan 
foydalanish ustidan nazorat qilishni ko’zda tutadi.
Marketing quyidagi tamoyillar asosida rejalashtiriladi: 
Milliylik tamoyili: marketing biznes-rejalari, avvalo hukumat siyosatini aks ettiradi. 
Siyosiy rahbarlikni xo’jalik rahbarligidan ajratib bo’lmaydi, ular bir butun rahbarlikdir. Bu 
tamoyil xo’jalik vazifalarini hal etishda printsipiallikni va davlat manfaatlari nuqtai 
nazaridan yondashishni talab qiladi. Milliylik tamoyili marketingda mahalliychilik, 
millatchilik va qarindoshchilikka mutlaqo yo’l qo’ymaydi. 
Etakchi bo’g’in tamoyili. Hukumat har bir rejalashtirish bosqichida eng muhim 
xo’jalik vazifalarini ilgari suradiki, milliy iqtisodiyotning yanada yuksalib, respublika 
iqtisodiyotining mustahkamlab borishi va o’sha vazifalarning bajarilishiga bog’liq. Bu 
vazifalar hamma bosqichlarda ham bir xil bo’lmaydi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga 
o’tishning shu kundagi bosqichida marketing biznes-rejasi bozorni eng avvalo, iste’mol 
buyumlari bilan to’yintirish, sanoat korxonalarini esa eng yangi texnika va texnologiya bilan 
va umuman iqtisodiyotimizga bu muammolarni tezroq hal etish uchun ko’plab chet el 
investitsiyalarini jalb etishga yo’naltirmog’i lozim. Yaqin kelajakda milliy iqtisodiyotni 
rivojlantirishning asosiy yo’nalishi ishlab chiqarishning progressiv va iqtisodiy jihatdan 
samarali tarmoqlarini tez sur’atlar bilan o’stirishga qaratilishi ko’zda to’tilmoqda. 
Marketing biznes-rejalarida birinchi navbatda ana shu yetakchi bo’g’inlarni ta’min etishni 
ko’zda to’tilishi zarur. 
Ilmiy-texnika jihatidan asoslanganlik tamoyili. Bu - fan va texnika yutuqlarini 
hisobga olish demakdir. Bu tamoyil ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni bilish, iqtisodiyotni 
yanada rivojlantirish uchun talab va ehtiyojlarni hisobga ola bilishni taqozo etadi. Marketing 
biznes-rejalari real bo’lishini, texnika yangiliklari, progressiv normalar qo’llashni talab 
qiladi. Marketing biznes-rejalari hozirgi davrning iqtisodiy qonunlari asosida tuzilishi 
lozim. Ularning ilmiy asoslanganligi ko’p jihatdan iqtisodiy-matematik modellar va usullar 
hamda kompyuter, hisoblash texnikalaridan foydalanib tuzilishiga bog’liq. Biznes-rejasini 
tuzishda yuqorida qayd etilgan tamoyillardan tashqari demokratik tsentralizm va boshqa 
printsiplarga ham asoslaniladi. Marketing biznes-rejasi milliy iqtisodiyot biznes-rejasining 
muhim va ajralmas qismidir. Marketing biznes-rejalarini barcha korxonalar, qurilish 
tashkilotlari, vazirliklar, idoralar va respublikamizning markaziy rejalashtirish organlari 
ham tuzadi. Demak, marketing biznes-rejalari milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va 
bo’g’inlarida tuziladi. 
Respublika marketing biznes-rejalari tovarlarni ichki va tashqi bozorda sotishni
eksport va import rejalari tuzishni, marketing byudjetini aniqlashni, tarmoq rejalari esa shu 
vazirlik va idoralarga qarashli korxona va tashkilotlarning tovarlarini sotishni o’z ichiga 
oladi.Firma rejalari har bir korxonada tuziladi. Korxonada marketing rejasi, avvalo, tovarga 
bo’lgan ehtiyojning homaki, dastlabki hisob-kitoblarga asoslanib ishlab chiqiladi, chunki 
qat’iy reja tuzish uchun ishlab chiqarish va kapital qurilishning hajmi hali tasdiqlanmagan 
bo’ladi.
Marketing biznes-rejalari mahsulot tannarxi rejalari va moliyaviy rejalar bilan ham 
uzviy bog’langan. Marketing organlari mahsulot qiymatining asosiy qismini tashkil etuvchi 
ishlab chiqarish vositalarini ham o’z vaqtida sotib va iste’molchilarni ta’minlab, mahsulot 
tannarxining kamayishiga, foydaning ko’payishiga ta’sir etadi. Bu hol marketing biznes-
rejasida o’z aksini topadi. Bunda biz material sarflash normalarini pasaytirish, materiallar
yonilg’i va hokazolarni tejab-tergab sarflash topshiriqlari haqida fikr yuritmoqdamiz. 
Marketing biznes-rejasining moliyaviy reja bilan bog’liqligi quyidagilardan iborat: 
korxonalar ko’pincha mavsumiy va boshqa zapaslar uchun bankdan qarz oladi, bu qarzlar 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling