Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Raqobat bozorining mutloq va joriy sig’imini aniqlash
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznesni tadqiq etish usullari 128
7.1. Raqobat bozorining mutloq va joriy sig’imini aniqlash
Tovar-murakkab ko’p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari, ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarish-unga ega bo’lgan iste’molchining yextiyojlarini qondirish xususiyatidir. Tovarning iste’mol qiymati uning iste’mol xususiyati majmuasidir. Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab alohida e’tibor beriladi: -rangi, qadoqlanishi (o’rash, bog’lash), tashqi ko’rinishining fasohati (dizayni), ergonomik xususiyatlari (foydalanish, ta’mirlash va boshqalarning qulayligi va boshqalar). Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning iste’mol xususiyati tahlil qilinadi. Tovar-murakkab ko’p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari, ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarish-unga ega bo’lgan iste’molchining extiyojlarini qondirish xususiyatidir. Tovarlar quyidagi mezonlari bo’yicha alohida guruhlarga bo’linadi: maqsadli ko’rsatkich bo’yicha bozor turiga ko’ra foydalanishga tayyorligiga ko’ra iste’molchilar soniga qarab bo’linadi. Maqsadli xarakteriga ko’ra esa tovarlar iste’mol tovarlari va ishlab chiqarishga oid tovarlarga bo’linadi. Iste’mol tovarlari – bu shaxsiy iste’mol uchun mo’ljallangan tovarlardir. Ular kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar, alohida talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga bo’linadi. Kundalik talab tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar, kir yuvish, tozalash vositalari, uy xo’jaligi uchun zaruriy mayda tovarlarni kiritish mumkin. Biznesni tadqiq etish usullari 128 Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga ko’ra ularni o’z navbatida 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin: 1. Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar (non, xo’jalik sovuni) 2. Impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta) 3. Favqulotda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar (zont). Dastlabki tanlov asosidagi tovarlar safiga: mebel, kiyim-kechak, uy-ro’zg’or uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlarni qiyoslashni, narx, moda, dizayn jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar: o’xshash tovarlar (sifat jihatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn, narxi bo’yicha farqlanadi) alohida ko’rinishdagi tovarlar (rangi, fasoni, navi jihatidan) Passiv talabdagi tovarlar – xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam o’ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga ko’ra qisqa muddatli foydalanishga oid tovarlar uzoq muddatli foydalanishga oid tovarlar Tovar siyosatini asosiy maqsadi bo’lib foydani ta’minlash taqsimotni o’stirish firma harakat qilayotgan bozor ulushini ko’paytirish ishlab chiqarish va marketing xarajatlarini tejash imijni oshirish bo’lib hisoblanadi. Tovar siyosatida asosiy maqsadga erishish quyidagi sohalardagi vazifalarni hal etish orqali amalga oshiriladi: uning innovatsiyasi variatsiya differentsiya eliminatsiya markani o’rnatish va tanlash qadoqlash tovarni shakli, turi va boshqalar. SHunga mos holda tovar siyosatining masalalariga quyidagilar kiradi: yangi tovarlarni qidirish yangi tovarlarni rivojlantirish bozorga yangi tovarlarni kiritish tovar shakllarini asoslash tovar sifatini tartibga solish bozordagi yangi tovarlar xulq-atvorini nazorat qilish va boshqalar. Birinchi 3 tasi bozorga yangi tovarlarni kiritayotganda hal etiladi, qolgan vazifalarni hal etish tovarni butun hayoti davomida amalga oshadi. Buning uchun, ya’ni qarorni asoslash uchun tovarni hayotiylik davri modeli ishlatiladi. Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling