Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Bozor sig’imiga ta’sir ko’rsatuvchi madaniy va ijtimoiy omillar
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
7.2. Bozor sig’imiga ta’sir ko’rsatuvchi madaniy va ijtimoiy omillar
Raqobat - bu erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bo’lagidir. Biznesni tadqiq etish usullari 129 Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida ildam qatnashishda tovarlar sifatini ko’tarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb muammolardan biridir. Tovar raqobatbardoshligini o’rganish murakkab va o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: - tovarni sotish bozorni o’rganish; - raqiblar haqida ma’lumotlar yig’ish; - iste’molchilar talablarini o’rganish; - raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish; - ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror. Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini baholashning o’zluksiz tizimini yaratishni talab qiladi. Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanoq o’z raqobat qobiliyatini yo’qota boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum raqobat qobiliyatini to’la yo’qotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish imkoniyatini beradi. Raqobat so’zi lotinchadan olingan bo’lib, maqsadga erishish uchun kurashni bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi xaridorni tovarni xarid qilishga jalb qilishdan iborat. Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti quyidagi ko’rinishga ega bo’lgan xuddi shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat: K= R/S max bu yerda: R-tovarning foydali samarasi; S-tovarni xarid qilish va foydalanishga oid xarajatlar (sotib olish xarajatlari); Tovarning raqobatbardoshliligini baholash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: - bozorni tahlil qilib, o’zimizning tovarimizga o’xshash namunasini topib olish; - bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko’rsatkichlarni belgilash; - o’zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash. P.S.Zavyalov fikricha «Raqobatbardoshlik deganda, tovarning bozorda xaridorgirligini ta’minlaydigan iste’mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya’ni o’xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo’lgan sharoitlarda xuddi shu tovarni pulga ayriboshlanish qobiliyatini tushunmoq lozim» 51 . Xaridorning xarajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini xarid xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste’mol etish bilan bog’liq xarajatlar tashkil etadi. Raqobatbardoshlik keng tushuncha bo’lib, unga ko’plab omillar ta’sir etadi. Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat ko’rashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bu omillarga quyidagilar kiradi: 1. Raqobatchi firmalar soni, va ularni qiyosiy quvvati; 2. Raqiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi; 3. Bozordagi talab hajmini o’rganish; 4. Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi; 5. Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko’chish harakatlari; 6. Bozordan chiqib ketish to’siqlari va ularning darajasi; 51 Philip Kotler, Kevin Lane Keller. Marketing management. 12 th edition. 2010 by Pearson Education, Inc.p. 369-373. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling