Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
47 
Yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) o’z faoliyatlarini vaqtinchalik to’xtatib turish 
yoki qayta tiklash to’g’risidagi arizani avtomatlashtirilgan tizim orqali topshirishlari 
mumkin bo’ladi, bu esa YaTTning soliqlar to’lamaslik bilan bog’liq bo’lgan 
tavakkalchiliklarini soddalashtirish va pasaytirishga yordam beradi. Tadbirkorlik sub’ekti 
barcha tegishli vakolatli davlat (litsenziyalovchi va hokazo) organlarini uning 
manzili (joylashgan joyi, yashash joyi) o’zgarganligi to’g’risida avtomatlashtirilgan tizim 
vositasida bir vaqtning o’zida xabardor qila oladi, bu esa davlat organlariga alohida 
xabarnomalar jo’natishga zaruriyat qoldirmaydi. SHuningdek, qayta tashkil etish 
to’g’risidagi axborotni bosma ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish to’g’risidagi 
talabni bekor qiladi, bunda axborotni kreditorlar tanishib chiqishlari uchun Yagona portalda 
elon qilish yetarli bo’ladi, bu esa tadbirkorlar xarajatlarini kamaytiradi. 
Biznesni ro’yxatdan o’tkazishni rad etish uchun asoslarning batafsil 
ro’yxati belgilangan. Demak, ro’yxatdan o’tkazish uchun so’rovnoma to’ldirilayotganda 
ko’rsatilgan ma’lumotlar avtomatlashtirilgan tizimning tegishli ma’lumotlar bazalari 
bo’yicha avtomatik tarzda tekshiriladi. 
Tadbirkorlik sub’ektiga Tizim imkoniyatlaridan foydalangan holda unga taalluqli 
bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlar davlat organlari tomonidan so’ralgan holatlari to’g’risida 
axborot olish huquqi berilgan, qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik sub’ekti erkin 
foydalanishi taqiqlangan axborot bundan mustasno. 
Yuritilishi 
markazlashtirilgan 
tarzda 
elektron 
ko’rinishda 
amalga 
oshiriladigan Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reestrida (TSYaDR) mavjud 
bo’lgan dolzarb ma’lumotlarning shaffofligini va ulardan erkin foydalanish imkonini 
oshirish o’ta muhimdir. Yagona portalga joylashtiriladigan va ular o’zgarishi bilanoq har 
soatda yangilanib boriladigan ma’lumotlarning eng kam hajmi belgilandi. Demak, yuridik 
shaxslar to’g’risidagi quyidagi axborotdan ommaviy foydalanish mumkin bo’ladi: nomi, 
STIR, maqomi (faoliyat yuritayotgan, tugatilish jarayonida, faoliyatini to’xtatgan), 
tashkiliy-huquqiy shakli, mulkchilik shakli, ustav fondining miqdori, qimmatli qog’ozlari 
to’g’risidagi axborot, manzili va boshqalar; YaTTlar qismida esa: ismi, familiyasi, STIR, 
amalga oshirilayotgan faoliyat turi, jinsi va boshqalar. 
Ro’yxatdan o’tkazish ma’lumotlari o’rtasidagi farqlanishlarning oldini olish 
maqsadida ularning nisbatan ustunligini aniqlash qoidalari belgilangan. Demak, ta’sis 
hujjatlaridagi ma’lumotlar bir biridan farq qilganida, ro’yxatdan o’tkazuvchi organda 
saqlanayotgan hujjatlar nisbatan ustunroq kuchga ega bo’ladi. TSYaDRdagi ta’sis hujjatlari 
va yozuvlardagi ma’lumotlar bir biridan farq qilganida, TSYaDRdagi yozuvlar nisbatan 
ustunroq kuchga ega bo’ladi. TSYaDRdagi va 2017 yilning 1 apreliga qadar yuritiladigan 
reestrlardagi yozuvlar bir biridan farq qilganida, TSYaDRdagi yozuvlar nisbatan ustunroq 
kuchga ega bo’ladi. Ro’yxatdan o’tkazish ma’lumotlari o’rtasidagi farqlanishlar ta’sis 
hujjatlariga kiritilayotgan o’zgartirishlar yoki qo’shimchalarni kiritish yo’li bilan 
tadbirkorlik sub’ektining o’zi tomonidan amalga oshiriladi. 
Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida nazarda 
tutilgan, biznesni ro’yxatdan o’tkazish tizimini isloh qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar 
kompleksini amalga oshirish davlat xizmatining – “biznesni ro’yxatdan o’tkazish”ning 
shaffofligi va sifatini sezilarli darajada oshiradi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan 
tasdiqlangan O’zbekistonni 2017–2021 yillrda rivojlantirishga doir harakatlar strategiyasida 
mamlakatning Jahon banki “Doing Business” tadqiqotlaridagi davlat xalqaro reytingini 
oshirishni ta’minlashga oid vazifa qo’yilgan. Demak, korxonalarni ro’yxatdan o’tkazishning 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling