Biznesni tadqiq etish usullari
50
Internet va mobil texnologiyalarning faol joriy etilishi xizmatdan foydalanuvchilar
davlat organlariga zarur hollarda borishlari, odatiy hollarda esa xizmatlar masofadan
elektron tartibda ko’rsatilishi bilan bog’liq g’oyalarning istiqbolda amalga oshirilishini
ta’minlaydi.
SHuningdek, Farmon bilan Davlat xizmatlari markazlarining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, davlat xizmatlarining
sonini, ayniqsa, fuqarolar uchun bosqichma-bosqich jiddiy ravishda oshirishni hisobga
olgan holda xizmatdan foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatiladigan bino va inshootlarni to’liq
yangilashga zarurat mavjud.
SHu munosabat bilan mas’ul idoralarga Davlat xizmatlari markazlarining yangi
qiyofasini ishlab chiqish topshirilgan, mahalliy hokimiyat organlari esa Farmon talablarini
hisobga olgan holda binolarni bosqichma-bosqich yangilashni ta’minlaydi.
Davlat xizmatlari ko’rsatish sohasida, shu jumladan sog’liqni saqlash, litsenziyalash,
soliq, bojxona va boshqa sohalarda jadal sifat jihatidan yaxshilashning muhim
mexanizmlari, shuningdek, davlat xizmatlari bo’yicha mobil ilovalarni ishlab chiqish,
xizmatlarni olis joylarga chiqqan holda ko’rsatish, aholi bilan tezkor aloqalar, rasmiy veb-
saytlardagi internet-botlar, ijtimoiy tarmoqlar yordamida qayta aloqaning samarali tizimini
tashkil etishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
SHuningdek, 2018-2020 yillarda joriy etilishiga qarab Davlat xizmatlari markazlarida
“yagona darcha” tamoyili bo’yicha ko’rsatiladigan 58 ta davlat xizmatining ro’yxati
tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi “Jahon banki va
Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston
Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-
Do'stlaringiz bilan baham: |