Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznesni tadqiq etish usullari 51 2.1. Iqtisodiyotda yuqori va izchil o’sish sur’atlarini saqlash, makroiqtisodiy
3852 –son Qarori qabul qilindi.
So’nggi yillarda mamlakatimizda biznes yuritish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari kafolatlarini mustahkamlash, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb etish va investorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashni ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlarning ko’lami va samaradorligi nafaqat mamlakatimizdagi investitsion faollikning ortishi bilan, balki nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan berilayotgan munosib baho bilan ham o’z isbotini topmoqda. 2-MAVZU. BIZNESNI TADQIQ ETISHNI TASHKIL QILISH 1. Iqtisodiyotda yuqori va izchil o’sish sur’atlarini saqlash, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlashda biznes sohasida belgilangan eng muhim ustuvor yo’nalishlar. 2. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari. 3. Biznesni tadqiq etishda ilmiy va amaliy yondashuvlar. 4. Biznes jarayonini tahlil qilshda tizimli yondashish. 5. Kompleks tahlil o’tkazish uslubiyati. 6. Analitik ko’rsatkichlar tizimini ishlash. Biznesni tadqiq etish usullari 51 2.1. Iqtisodiyotda yuqori va izchil o’sish sur’atlarini saqlash, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlashda biznes sohasida belgilangan eng muhim ustuvor yo’nalishlar Mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini izchil rivojlantirish uni yalpi milliy mahsuloti tarkibida hal qiluvchi tarmoqqa, ijtimoiy faol aholining katta qismini qamrab olgan sohaga aylantirdi. Qulay investitsion muhit va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish hamda eksportni qo’llab-quvvatlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Birinchidan, hamkor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlardagi yondashuv o’zgartirildi. Oliy darajadagi tashriflar chog’ida Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya, AQSH, Koreya, Turkiya, Qozog’iston va Qirg’iziston bilan savdo iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha ikki tomonlama davlatlararo shartnomalar imzolandi. Evrova Tiklanish va taraqqiyot banki bilan to’laqonli munosabatlar tiklandi, bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka 190 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ajratildi. Turli yo’nalishlarda 20 dan ortiq loyihalar ishlab chchiqildi. Yevropa investitsiya banki, Frantsiya rivojlanish agentligi bilan hamkorlik o’rnatildi. O’zbekiston yangi tuzilgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining teng huquqli a’zosiga aylandi. Ikkinchidan, tashqi savdo faoliyatidagi barcha suniy to’siqlar olib tashlandi. Xususan, oldindan to’lovlarsiz va kafolat majburiyatlarisiz eksport qilish tartibi joriy etildi. Ortiqcha va eskirgan ruxsat beruvchi talablar bekor qilindi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish mexanizmlari soddalashtirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida eksport hajmi 11.3 milliard AQSH dollarini tashkil etdi va oldingi keyin shu davr ko’rsatkichiga nisbatan 126%ga oshdi. Tashqi savdo sal’dosi 519.5 million dollarni tashkil etdi. MDH davlatlari ichida mahsulot eksport qilinadigan eng yirik davlatlar qatoriga Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston hamda uzoq xorijiy mamlakatlar – Xitoy, Turkiya, Afg’oniston, Eron, Koreya Respublikasi va Frantsiya davlvtlarini kiritish mumkin. Barcha qayd etilgan davlatra bo’yicha eksportning o’sish dinamikasiga erishildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling