Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

3852 –son Qarori qabul qilindi. 
So’nggi yillarda mamlakatimizda biznes yuritish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini 
yaratish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari kafolatlarini mustahkamlash, korporativ 
boshqaruvni rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb etish va investorlarni har 
tomonlama qo’llab-quvvatlashni ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga 
oshirilmoqda. 
Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlarning ko’lami 
va samaradorligi nafaqat mamlakatimizdagi investitsion faollikning ortishi bilan, balki 
nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan berilayotgan 
munosib baho bilan ham o’z isbotini topmoqda. 
 
2-MAVZU. BIZNESNI TADQIQ ETISHNI TASHKIL QILISH 
1. Iqtisodiyotda yuqori va izchil o’sish sur’atlarini saqlash, makroiqtisodiy 
barqarorlikni yanada mustahkamlashda biznes sohasida belgilangan eng muhim ustuvor 
yo’nalishlar.
2. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning 
ustuvor yo’nalishlari.
3. Biznesni tadqiq etishda ilmiy va amaliy yondashuvlar.
4. Biznes jarayonini tahlil qilshda tizimli yondashish.
5. Kompleks tahlil o’tkazish uslubiyati. 
6. Analitik ko’rsatkichlar tizimini ishlash.


Biznesni tadqiq etish usullari 
51 
 
2.1. Iqtisodiyotda yuqori va izchil o’sish sur’atlarini saqlash, makroiqtisodiy 
barqarorlikni yanada mustahkamlashda biznes sohasida belgilangan eng muhim 
ustuvor yo’nalishlar 
Mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini izchil rivojlantirish uni
yalpi milliy mahsuloti tarkibida hal qiluvchi tarmoqqa, ijtimoiy faol aholining katta qismini 
qamrab olgan sohaga aylantirdi.
Qulay investitsion muhit va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish hamda eksportni 
qo’llab-quvvatlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. 
Birinchidan, hamkor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan 
munosabatlardagi yondashuv o’zgartirildi. Oliy darajadagi tashriflar chog’ida Xitoy Xalq 
Respublikasi, Rossiya, AQSH, Koreya, Turkiya, Qozog’iston va Qirg’iziston bilan savdo 
iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha ikki tomonlama davlatlararo 
shartnomalar imzolandi.
Evrova Tiklanish va taraqqiyot banki bilan to’laqonli munosabatlar tiklandi, bank 
tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka 190 million AQSH dollari miqdorida 
kredit liniyasi ajratildi. Turli yo’nalishlarda 20 dan ortiq loyihalar ishlab chchiqildi. 
Yevropa investitsiya banki, Frantsiya rivojlanish agentligi bilan hamkorlik o’rnatildi. 
O’zbekiston yangi tuzilgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining teng huquqli 
a’zosiga aylandi. 
Ikkinchidan, tashqi savdo faoliyatidagi barcha suniy to’siqlar olib tashlandi. Xususan, 
oldindan to’lovlarsiz va kafolat majburiyatlarisiz eksport qilish tartibi joriy etildi. Ortiqcha 
va eskirgan ruxsat beruvchi talablar bekor qilindi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport 
qilish mexanizmlari soddalashtirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida eksport 
hajmi 11.3 milliard AQSH dollarini tashkil etdi va oldingi keyin shu davr ko’rsatkichiga 
nisbatan 126%ga oshdi. Tashqi savdo sal’dosi 519.5 million dollarni tashkil etdi. 
MDH davlatlari ichida mahsulot eksport qilinadigan eng yirik davlatlar qatoriga 
Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston hamda uzoq xorijiy mamlakatlar – Xitoy, 
Turkiya, Afg’oniston, Eron, Koreya Respublikasi va Frantsiya davlvtlarini kiritish mumkin. 
Barcha qayd etilgan davlatra bo’yicha eksportning o’sish dinamikasiga erishildi. 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling