Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
48 yangi mexanizmi Jahon bankining navbatdagi “Doing Business-2018”tadqiqotlarida “biznesni ro’yxatdan o’tkazish” me’zoniga ijobiy ta’sir qiladi. Jahon banki uslubiyatiga muvofiq, biznesni ro’yxatdan o’tkazish yangi tartibga ko’ra ikkita jarayonda (birinchisi – barcha ro’yxatdan o’tkazish va hisobga qo’yish tartibotlarini avtomatlashtirish bilan real vaqt rejimida ro’yxatdan o’tkazish, ikkinchisi – taqdim etiladigan qog’oz hujjatlarni kamaytirish bilan bank hisob raqamini ochish) amalga oshiriladi. Biznes yuritishni boshlash bilan bog’liq bo’lgan barcha rasmiyatchiliklarni inobatga olgan holda korxonani ochish jarayoni (ushbu vaqtga firma nomini zaxiraga olib qo’yish, ro’yxatdan o’tkazish uchun davlat bojini to’lash, davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma va ro’yxatdan o’tkazilgan ta’sis hujjatlarini olish, muhrni tayyorlash, soliq organlarida, statistika organlarida hamda Xalq bankida hisobga qo’yish, shuningdek bankda hisob raqamini ochish kiradi) bir kundan kam vaqtni talab qiladi. Quyidagilar davlat ro’yxatidan o’tkazishni, qayta ro’yxatdan o’tkazishni rad etish uchun asos bo’ladi: davlat boji to’lanmaganligi yoki uning to’liq bo’lmagan miqdorda to’langanligi; Tegishli bo’lmagan ro’yxatdan o’tkazish organiga murojaat qilinganligi; Qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar to’liq bo’lmagan hajmda taqdim etilganligi; O’zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev 12 dekabr 2017 yil “Aholiga davlat xizmatlari ko’rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini imzoladi. Xo’sh mazkur hujjatni qabul qilishga nima turtki bo’ldi, nima uchun qabul qilindi, ushbu farmon ijrosi yuzasidan qanday ishlar amalga oshiriladi? O’zA agentligida e’lon qilingan farmonga sharhda yuqoridagi savollarga batafsil javob berilgan. Davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini izchillik bilan takomillashtirish aholi hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So’nggi yillarda mamlakatda davlat organlarining mazkur sohadagi faoliyati sifatini oshirish, tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatishda maqbul shart-sharoitlar va qulayliklar yaratishga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 2017 yil 1 fevraldan Tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlarining tumanlar (shaharlar) hokimliklari tuzilmasidan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga o’tkazilishi mazkur sohani rivojlantirish bo’yicha muhim qadam bo’lib, vertikal boshqaruvni shakllantirish, ularning samarali faoliyatini tashkil etish imkonini berdi. Natijada ushbu markazlar tomonidan ko’rsatiladigan davlat xizmatlari soni 33 tagacha oshdi. 2017 yil 1 apreldan boshlab ro’yxatga olish tartib-taomillarini 30 daqiqagacha qisqartirish imkonini beruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilganligi “Doing Business 2018” global reytingidagi “Biznesni ro’yxatdan o’tkazish” ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekistonning mavqeini 24- o’rindan 11-o’ringa yaxshilashga xizmat qildi. SHu bilan birga, xalq bilan ochiq muloqot natijalari hamda huquqni qo’llash amaliyotining tahlili davlat xizmatlari ko’rsatish milliy tizimining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari ehtiyojlarini to’liq qanoatlantiradigan sifat jihatidan yangi darajaga o’tishida ayrim tizimli muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda. Avvalambor, “yagona darcha” tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish tizimidan faqat tadbirkorlik sub’ektlari foydalanishi mumkin. Bunda fuqarolar hanuzgacha turli davlat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling