Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
49 organlari va tashkilotlarida hujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha murakkab tartib- taomillardan o’zlari o’tishga majbur bo’lmoqdalar. Qator davlat organlarida axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalari mavjud emasligi, shuningdek, ular idoralararo integratsiya qilinishining past darajada ekanligi vaziyatni murakkablashtirib, barcha davlat xizmatlari majmuasidan qulay va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlash imkonini bermayapti. Bundan tashqari, ko’pchilik davlat xizmatlarini ko’rsatishning tartib-taomillari fuqarolar uchun murakkab va foydalanish uchun qiyin bo’lib qolmoqda, ularning narxini shakllantirish mexanizmlari esa shaffof emas. Natijada alohida hollarda tor idoraviy manfaatlarning yuzaga kelishiga olib kelgan. Ayrim hollarda fuqarolar davlat organlariga murojaat qilishda asoslantirilmagan moliyaviy xarajatlarga duch kelmoqdalar, eng avvalo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishining past darajadaligi, qog’oz hujjatlar aylanmasining saqlanib qolingan andozalari navbatlar yuzaga kelishiga olib kelmoqda. Davlat xizmatlari ko’rsatishni, shu jumladan real vaqt rejimida masofadan monitoring qilish va jamoatchilik fikrini o’rganish orqali nazorat qilish va sifatini baholashning ta’sirchan tizimi mavjud emasligi ushbu xizmatlar sohasida qonuniylikni ta’minlashning samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ko’rsatib o’tilgan muammolar aholining davlat xizmatlaridan keng foydalanishini ta’minlash, ularni ko’rsatish bilan bog’liq vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, aholining davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini oshirish imkonini bermaydi. Aynan shu munosabat bilan Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan “Aholiga davlat xizmatlari ko’rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmon davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkonini tubdan oshirish bo’yicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug’vor g’oyani so’zsiz amalga oshiruvchi asosiy g’oyalarni belgilab berdi. Xususan, mazkur sohadagi davlat siyosatini amalga oshirishga mas’uliyat yuklangan alohida davlat organi – Davlat xizmatlari agentligi hududiy bo’linmalari bilan tashkil etildi. Bu amalga oshirilayotgan islohotlarning uyg’unligi va izchilligini ta’minlaydi, davlat xizmatlarini sifatli bajarish uchun vakolatli organlar va tashkilotlarning javobgarligini oshiradi. SHu bilan birga, aholiga davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasida boshqaruvni amalga oshirishning aniq tashkiliy-institutsional asoslarini shakllantirish ta’minlanmoqda. Endilikda “yagona darcha” tamoyili nafaqat tadbirkorlik sub’ektlariga, balki bevosita fuqarolarga ham xizmat ko’rsatishda amal qiladi. Davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqot qilmasdan hamkorlikni ta’minlash aholi uchun davlat xizmatlarini korruptsiya xavfisiz tezkorlik bilan ko’rsatish imkonini beradi, fuqarolarning kundalik hayotini jiddiy ravishda yengillashtiradi, byurokratiya va sansalorlik holatlarini bartaraf etadi. SHu munosabat bilan Farmonda Davlat xizmatlari yagona reestrini tashkil etish, davlat xizmatlarining har bir turi bo’yicha yagona ma’muriy reglamentlar ishlab chiqish, Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlarida axborot tizimlari, resurslari, ma’lumotlar bazalari hamda dasturiy mahsulotlarni, shuningdek, apparat-dasturiy majmualarni joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Bu davlat xizmatlari ko’rsatish sohasida “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” degan muhim tamoyilni joriy etish imkonini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling