Biznesni tadqiq etish usullari
45
Davlat ro’yxatidan o’tkazish va qayta ro’yxatdan o’tkazish “Tadbirkorlik
sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom”da nazarda tutilgan
muddatlarda amalga oshiriladi (1.3-jadval).
1.3-jadval
Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan
o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish uchun belgilangan muddatlar
11
T/r Tadbirkorlik faoliyati
shakllarining nomi
Davlat ro’yxatidan
o’tkazishning belgilangan
muddatlari
I. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish
1.
Yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan dehqon
xo’jaligi, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik
faoliyati sub’ektlari
real vaqt rejimida, lekin 30
minutdan oshmagan vaqtda
2.
Tadbirkorlik faoliyatining boshqa shakllari
real vaqt rejimida, lekin 30
minutdan oshmagan vaqtda
II. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan qayta o’tkazish
3.
Dehqon
xo’jaligi,
oilaviy
tadbirkorlik
va
hunarmandchilik
faoliyati
sub’ektlari
boshlig’i
o’zgarganda
real vaqt rejimida, lekin 30
minutdan oshmagan vaqtda
4.
Ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi,
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o’tishi bilan
bog’liq bo’lgan o’zgartirish va qo’shimchalar
kiritilganda
16 ish soatidan oshmagan
vaqtda
5.
Ro’yxatdan
o’tkazish
ma’lumotlariga
(ta’sis
hujjatlariga) kiritilayotgan boshqa o’zgartirishlar va
(yoki) qo’shimchalar kiritilganda
real vaqt rejimida, lekin 30
minutdan oshmagan vaqtda
2017 yilning aprel oyidan boshlab, biznesni ro’yxatdan o’tkazish real vaqt rejimida
ariza yuborilgan paytdan e’tiboran 30 daqiqa davomida amalga oshiriladi, quyidagi ikki
holat bundan mustasno – ro’yxatdan o’tkazilishi 16 ish soati davomida amalga oshiriladigan
ustav fondining oshirilishi va ta’sischilarning ulushlari (hissalari) boshqa shaxsga o’tishi.
Yagona portal –
my.gov.uz
orqali avtomatlashtirilgan tizim vositasida ro’yxatdan
o’tkazish tartiboti hozir bo’lgan tartibda murojaat qilishga nisbatan bir qator ustunlikarga
ega ekanligini ta’kidlash joizdir. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish,
qayta ro’yxatdan o’tkazish, Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reestridan ma’lumotlar
berish uchun tegishlicha stavkalar bo’yicha davlat bojlari va yig’imlar to’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |