Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
O’rmon fondiga kirmaydigan hududlarda daraxtlarni kesishga ruxsat berish. 15
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
14.
O’rmon fondiga kirmaydigan hududlarda daraxtlarni kesishga ruxsat berish. 15. Suvdan mahsus foydalanish va iste’mol qilishga ruxsat berish. 16. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan mahsus foydalanishga ruxsat berish. Bundan tashqari, 2018 yil 1 yanvardan boshlab “yagona darcha” markazlari orqali taqdim etiladigan litsenziya va ruxsatnomalarni qog’oz shaklidagi maxsus blankalarda majburiy rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi. Bunda berilgan, to’xtatib qo’yilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi orqali olish imkoniyati yaratiladi. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va davlat hisobiga qo’yish tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ–2486-sonli qarorini amalga oshirish chora tadbirlari to’g’risidagi 2017 yil 9 fevraldagi 66-sonli Hukumat qaroriga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektlarini – yuridik va jismoniy shaxslarni ro’yxatdan o’tkazishning mutlaqo yangi tartibi o’rnatildi 10 . 2017 yilning aprel oyidan boshlab, biznesni ro’yxatdan o’tkazish mexanizmini batafsil yoritib beruvchi yagona hujjatni tasdiqlash yo’li bilan tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tartibotini tartibga soluvchi 62 ta normativ- huquqiy hujjatlarga o’zgartirishlar kiritildi. 2017 yilning Fevral oyidan boshlab “yagona darcha” markazlari barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun yagona ro’yxatdan o’tkazuvchi organ etib belgilandi, banklar va kredit byurolari bundan mustasno. Davlat statistika qo’mitasining firma nomini zaxira qilib qo’yishga doir, Davlat soliq qo’mitasining tijorat faoliyati uchun mo’ljallangan tovarlarni olib kiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro’yxatdan o’tkazishga doir, shuningdek Adliya vazirligining chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlari, auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, lombardlar, investitsiya fondlari, bozorlar hamda boshqa tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazishga doir funktsiyalari 194 ta “yagona darcha” markazlariga topshirildi. 10 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida" 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qarori |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling