Biznesni tadqiq etish usullari
42
byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalari, shuningdek, nodavlat notijorat
tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat
xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida”gi 01.02.2017 y.N PQ-2750 Qaroriga muvofiq tuman va shaharlarda faoliyat
ko’rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat
xizmatlarini ko’rsatish markazlari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi boshqaruviga o’tkazilmoqda. Bu esa “yagona darcha”
markazlarini samarali boshqarish, ularning faoliyatini va boshqa davlat organlari bilan
o’zaro hamkorligini tashkil etishga nisbatan tizimli yondashuvni belgilash imkoniyatini
beradi.
Banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalaridan tashqari barcha
tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish “yagona darcha” markazlari
zimmasiga yuklatilmoqda. Bunday chora tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish va
hisobga qo’yishning mavjud tarqoq tizimi o’rniga yangi, yaxlit tizimni yaratishga
qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “yagona darcha” markazlari faoliyatiga
umumiy rahbarlikni hamda tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatishga oid
qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ etib
belgilandi.
“Yagona darcha” markazlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
uchun 16 turdagi ruxsatnomalarni boshqa idoralarga bormasdan rasmiylashtirish amaliyoti
tadbirkorlik sub’ektlarining vaqti va moddiy sarf-xarajatlarini tejashga ko’maklashadi.
1.2-jadval
Tadbirkorlik sub’ektlariga «Yagona darcha» tamoyili bo’yicha ko’rsatiladigan
xizmatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |