Biznesni tadqiq etish usullari
38
jarayonlarni tahlil qilish va baholashga, shuningdek optimal biznes qarorlari qabul qilishga
imkon beradi.
Biznesni tadqiq etish usullari fanining zarurligi shundaki, uni o’rganish bilan
insonning ilmiy dunyoqarashi o’zgaradi, uning intellektual rivojlanishini rag’batlantiradi,
eng qiziqarli mashg’ulotiga aylanadi. Fanni mukammal o’rganishning afzalligi yana shu
bilan izohlanadiki, to’g’ri qaror qabul qilishda insonlar doimo kerakli va ishonchli nazariy
bilimga va ma’lumotga ega bo’lishi zarur. Agar ular o’z bilimlariga ega bo’lmasa tajriba va
xatolaridan kelib chiqqan, holda o’ziga qimmatga tushgan usulni qo’llashi mumkin yoki
boshqalarning tajribasi, xatolarini o’rganishi mumkin, lekin fan bo’yicha olgan bilimlariga
murojaat qilsa ularning ishi ancha yengillashadi, belgilagan strategiyasi va rejasi aniq
bo’ladi. Iqtisodiy islohotlarni hayotga samarali tatbiq etishning yana bir sharti iqtisodiy
ta’lim tizimini modernizatsiyalashdir, biznes sohasi uchun mutaxassislarni shakllantirish
mexanizmini yaratishdir.
Business research - The application of the scientific method in searching for the
truth about business phenomena. These activities include defining business
opportunities and problems, generating and evaluating ideas, monitoring
performance, and understanding the business process. 5-бет.
Бизнесни тадқиқ этиш – илмий асосланган усуллардан фойдаланган
ҳолда ишбилармонлик муносабатларини ўрганиш. Бу фаолиятлар ўз
ичига қуйидагиларни қамраб олади: бизнес имкониялар ва
муаммолар, ғояларни яратиш ва баҳолаш, иш фаолиятини назорат
қилиш, бизнес жараёни ташкил этувчилари.
Do'stlaringiz bilan baham: |