Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
37 raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etishni o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko’rsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi bozor kon’yunkturasi o’zgarishlari xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilishni ta’minlash maqsadida 2013 yil 8 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror asosida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tashkil etildi, uning asosiy vazifalaridan biri etib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, fermer xo’jaliklariga: eksportga mo’ljallangan mahsulotning mamlakatimiz brendlarini rivojlantirish, eksportga yetkazib berishni olg’a siljitish, jumladan, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligiga muvofiq zarur litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining xalqaro tender savdolarida ishtirok etishi bilan bog’liq ro’yxatdan o’tish yig’imlari hamda boshqa to’lovlarni to’lash belgilandi. 6 Demak, kichik biznes va fermer xo’jaligi rahbarlarini marketing, menejment va brending sohasidagi bilimlarini rivojlantirish choralarini ko’rish talab etiladi. Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga biznesni tadqiq etish jarayoni, uning xususiyatlari, bozordagi vaziyat, baho dinamikasi, taklif va talab kabi omillar yig’indisining o’zaro munosabati orqali aniqlashni o’rgatish, biznes jarayonini amalga oshirish, tovarlar bozorida tadqiqotlar olib borish, iste’molchilarning tovarlarga bo’lgan munosabatini o’rganish, brend tovralar baholarini shakllanishi va iste’molchilarga servis xizmat ko’rsatish strategiyalarini, tovar va xizmatlar sotilishini kengaytirish imkoniyatlari va uni raqobatga bardosh bera olish strategiya usul va yo’llarini o’rgatish hamda kompaniyalarning bozordagi raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha tavsiyalar berish bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning vazifasi – biznes va biznes muhitini aniqlash, biznes jarayonini tadqiq etish usullari, marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, innovatsiya jarayoni, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni bozordagi o’rnini ta’minlash chora tadbirlarini ko’rish, biznes jarayonida iste’molchilar xulq-atvorini o’rganish tamoyillari bilan yaqindan va har tomonlama tanishtirish, nazariy materiallarni o’zlashtirish, biznesda zarur axborotlar bazasini shakllantirish, CRM texnologiyalar, tadiii etishning zamonaviy usullari bo’yicha to’plangan yirik korxonalar tajribasini o’rganish natijasida biznes muhitini baholash, firmaning strategiyasini tanlash, istiqbol rejalarini yaratish hamda ularni qo’llashni o’rgatishdan iboratdir. Mutaxssislik fanlari ichida biznesni tadqiq etish usullari alohida o’rin tutadi. CHunki har doim insonning hayoti iqtisodiyot bilan chambarchas bog’liq bo’lgan va ta’minlangan. SHuningdek, iqtisodiyotning muhimligi shundaki, u insonning eng zarur moddiy sharoitini ta’minlaydi, yashash uchun sharoit yaratadi. Iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli rivojlanayotgan jamiyatda tinchlik, tartib va barqarorlik xukm suradi. Samarali iqtisodiyot tamoyillari va qonunlarini bilish esa insonlarda o’ziga ishonch uyg’otadi, eng qiyin iqtisodiy 6 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo’llab- quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi Qarori. 2013 yil, 8 avgust. www.lex.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling