Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
33 xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi» degan tamoyilni amalga oshirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish; davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg’armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish; korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aktsiyadorlarning rolini kuchaytirish; tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo’yicha tartib- taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish. Iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish bevosita xususiylashtirish jarayonlari orqali amalga oshirilib, u foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlarini, jumladan, «nol» xarid qiymati bo’yicha sotish jarayonlarini yanada soddalashtirish hamda bunday ob’ektlar tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aniqlanganda, ularni sotib olish yuzasidan takliflarni qabul qilish va ko’rib chiqish tartibini belgilashni nazarda tutadi. Yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarining samaradorligini oshirish maqsadida: kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining zaruriy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish holatini tanqidiy o’rgangan holda tegishli chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash; kichik sanoat zonalariga ularning ixtisoslashuvi, hududning resurs salohiyatini inobatga olgan holda, ishlab chiqarishning to’liq tsiklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish; investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va ishtirokchilarga yuklatilgan majburiyatlarning ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib borish; kichik sanoat zonalari hududida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini kengaytirish. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish qulay investitsiya muhiti yaratish va bu bo’yicha aniq maqsadga qaratilgan siyosat olib borishni taqozo etadi. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi maxsus investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb etishga qaratilishi lozim. Harakatlar strategiyasida 2017- 2019 yillar davomida 20 ta loyihani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki kreditlari hisobiga 2,97 mlrd. doll.ni jalb qilish, Islom taraqqiyot bankining 1,0 mlrd. doll.dan kam bo’lmagan miqdorda kreditlarini jalb qilishni ko’zda tutadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling