Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
“Biznesni tadqiq etish usullari” - fan va o’quv kursi sifatida
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
1.1. “Biznesni tadqiq etish usullari” - fan va o’quv kursi sifatida.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo’lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish Vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa eng avvalo iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi 3 . Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari alohida muhim o’rin egallaydi. Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda mintaqada ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish Xarakat dasturining eng ahamiyatli vazifalari qatoridan o’rin olgan. Amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar davomida iqtisodiy munosabatlarda, eng avvalo, mulkchilikka bo’lgan munosabatda tub o’zgarishlar ro’y berdi. Respublikada xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo’yicha ilgari qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyot aniq qaror topdi, iqtisodiyotning nodavlat sektori mustahkamlandi va faol rol o’ynay boshladi. SHu bois, Harakatlar strategiyasining mazkur yo’nalishida tizimli tadbirlarni amalga oshirishning muhim sharti sifatida quyidagilar belgilangan: 3 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni . // Xalq so’zi. 8 fevralь 2017 yil. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling