Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
34 Joriy 2018 yilda umumiy qiymati 1,0 mlrd. dollarlik 145 ta ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish orqali 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatdosh tayyor mahsulotlar o’zlashtirilishi nazarda tutilgan. Meva-sabzavot va go’sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 147 mln. dollarlik 63 ta loyiha, rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash bo’yicha 217 mln. dollarlik 6 ta loyiha, kimyoviy xom ashyolarni chuqur qayta ishlash bo’yicha 25 mln. dollarlik 2 ta loyiha, uglevodorod xom ashyolarini qayta ishlashni chuqurlashtirish bo’yicha 342 mln. dollarlik 6 ta loyiha, tayyor charm- poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha 6 mln. dollarlik 9 ta loyiha, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo’naltirilgan 24 mln.dollarlik 7 ta loyiha, qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo’yicha 151 mln. dollarlik 29 ta loyiha, tayyor to’qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish bo’yicha 178 mln. dollarlik 15 ta loyiha shular jumlasidan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini o’rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishga asos bo’ladi. Tabiiyki, mavjud vaziyat yaratilayotgan shart-sharoitlar natijasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishga taqoza qiladi: xususiylashtirilgan korxonalar ishining samaradorligini ularni xususiylashtirilgandan keyin qo’llab-quvvatlash; xalq xo’jaligi tarmoqlarini tarkibiy qayta qurish hisobiga yangi ish o’rinlari, ayniqsa qishloq joylarda, barpo etish; ichki bozorni mahsulot bilan to’ldirish va mahsulotlarning eksportbopligini oshirish maqsadida raqobatli bozor muhitini yaratish; mintaqalarda bozor infratuzilmasini intensiv rivojlantirish va uning tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, uning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan aloqalarini mustahkamlash; mulkdorlarning samarali sinfini yaratish; qimmatli qog’ozlar va ko’chmas mulkning to’la qimmatli bozorini barpo etish. Jahon tajribasi barcha sohalarda sifatli o’sishni ta’minlovchi yangiliklarni uzluksiz tarzda amaliyotga joriy etish jamiyat va iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganligini ko’rsatmoqda. Bugun rivojlanishning innovatsion modellari va “aqlli” texnologiyalar amalga oshirilayotgan mamlakatlar eng muvaffaqiyatli va barqaror hisoblanadi. Bunday mamlakatlarning barqaror taraqqiyoti, ularning jahon bozorlarida raqobatbardoshligi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan foydalanishga emas, balki innovatsion g’oyalar va ishlanmalarga asoslanadi. Ushbu mamlakatlarda innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo’yicha davlat strategiyasining ijrosi shartli ravishda “kelajak vazirliklari” deb nomlanuvchi maxsus idoralar tomonidan amalga oshiriladi. 2017 yil 22 dekabr kuni Simpoziumlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi e’lon qilindi. Prezident kirib kelayotgan yangi - 2018 yilni O’zbekistonda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilishni taklif etdi. “Bu masala bo’yicha ko’p o’yladik, ko’p maslahatlashdik. Yil davomida kelgan ko’plab murojaatlar, fikr-mulohazalar e’tiborga olindi. Ish o’rinlarini yaratmasak odamlar bizdan rozi bo’lmaydi, ko’p muammolar bor yo’l yo’q, svet, gaz yo’q, nogironlar qancha, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling