Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Prezident SH.Mirziyoev tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha fikr
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Prezident SH.Mirziyoev tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha fikr
bildirildi: “Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o’rinlari yaratib, nafaqat o’zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz. Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng 4 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2017 yil 22 dekabrь. Biznesni tadqiq etish usullari 36 so’nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz bo’lishi shart” 5 . SHu jihatdan “Biznesni tadqiq etish usullari” fani ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etishni o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Fanni modulli o’zlashtirishda talabalarni tahliliy mushohada, xulosa chiqarishga o’rgatish – keys stadi, topshiriqlar, testlar va loyiha topshiriqlari ishlab chiqilgan. Mazkur topshiriqlar talabadan mustaqil fikrlash, mustaqil yondashuv asosida qaror chiqarishga qaratilgan. Mustaqil fikrlaydigan tinglovchi – talaba doimo izlanishda, ijodiy mehnat amalga oshirishga va oxir oqibatda fan texnika taraqqiyotining yuksak texnika bilan qurollangan iqtisodiyotga tayyor bo’ladi. Demak, talabalarning mustaqil fikr yuritishi, iqtisodiy hodisalarni amalda yuz beradigan turli muqobil variantlari ichidan maqbulini tanlashni o’rganish hozirgi zamon talabidir. O’qish, o’rganish, idrok qilish, ularni hayolan qayta jonlantirish bilan chambarchas bog’liq. Hayot tajribasi ko’rsatadiki, inson o’zi ko’rib, tasavvur qilgan narsani to’liq o’zlashtiradi. Inson tabiatan shunday yaratilgan ekan, u biron bir narsani o’rganishi uchun uni tasavvurda jonlantira bilishi lozim. SHuning uchun ham fanni o’rganishda turli vositalar, tasvir, maket, rasm, chizma va boshqa shu kabi vositalardan foydalanish, ta’limni ko’rgazmali tashkil etish hozirgi kunning dolzarbligini ifodalaydi. Modulli yondashuv asosida ishlab chiqilgan testlar - iqtisodiy mushohada asosida, matematik yondashuv yoki nazariy amaliy holatdagi voqelikni to’g’ri baholab javob berishga qaratilgan bo’lsa, mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan masala, keys stadi hamda loyiha topshiriq bu holatni yanada to’liqroq tasavvur qilishga, o’z fikrlarini bayon qilishga, ta’lim metodlari asosida ish yurgizishga, xulosa chiqarib, to’g’ri qaror qilishga qaratilgan. Taraqqiyotning o’zi bir tomondan, fanni chuqur o’zlashtirishni zarur qilib qo’ysa, ikkinchi tomondan, turli-tuman yangi usullarni qo’llash, ko’rgazmalikni oshirish, texnik vositalardan foydalanish, ularni qo’llashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashtirish, uni qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam beradi. Biznes – bu iqtisodiyotning zamonaviy texnologiyasi hisoblanib, yangi ishlab chiarish, xizmat ko’rsatish, tovar belgilarini yaratish, bozorga joylashtirish, iste’molchilar bilan o’zaro munosabatlarni shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga oladi. Biznesni tashkil etishda tomonlar faoliyatini oldindan baholash, tadqiq etish u yoki bu mahsulotga qanday munosabatda ekanini aniq baholash muhim hisoblanadi. Biznes tadqiq etish faqatgina g’oyalar tashuvchisi emas, balki raqobatdosh ustunliklarni ko’paytirish evaziga kompaniyani rivojlantirish vositasi hamdir. SHu jihatdan ushbu fan ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, brend siyosati, brending va rebrending masalalari, iste’molchilarga tabaqali yondashish, 5 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2017 yil 22 dekabrь. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling