Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
11 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida" 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qarori Biznesni tadqiq etish usullari 46 1.4-jadval Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish uchun davlat bojlari stavkalari 12 Tadbirkorlik sub’ektlari davlat bojlari stavkalari xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat ro’yxatidan o’tkazganlik uchun hozir bo’lish tartibida murojaat etilganda eng kam oylik ish haqining besh baravari va 500 AQSH dollari, Internet butunjahon tarmog’i orqali davlat ro’yxatidan o’tkazilganda esa - hozir bo’lish tartibida murojaat etganlik uchun belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida; sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlari, auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, lombardlar, investitsiya fondlarini, "O’zbekoziqovqatzaxira" meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g’amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarni, bozorlarni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan aktsiyadorlik jamiyatlari (shu jumladan xolding) shaklida tashkil etilayotgan xo’jalik boshqaruvi organlarini ro’yxatidan o’tkazganlik uchun hozir bo’lish tartibida murojaat etilganda eng kam oylik ish haqining to’rt baravari, Internet butunjahon tarmog’i orqali davlat ro’yxatidan o’tkazilganda esa - hozir bo’lish tartibida murojaat etganlik uchun belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida"; yuridik shaxslarni - tadbirkorlik sub’ektlarini, yuridik shaxs bo’lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni hamda yuridik shaxs bo’lmagan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazganlik uchun hozir bo’lish tartibida murojaat etilganda eng kam oylik ish haqining bir baravari, Internet butunjahon tarmog’i orqali davlat ro’yxatidan o’tkazilganda esa - hozir bo’lish tartibida murojaat etganlik uchun belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida"; Quyidagi muhim qulaylik mavjud – ro’yxatdan o’tkazishga so’rovnoma tanlanayotgan firma nomini avtomatik tarzda tekshirishni inobatga olgan holda arizachi tomonidan ma’lumotlarni asosan ochiladigan menyudan tanlash yo’li bilan onlayn to’ldiriladi, bu esa noaniqliklarni bartaraf etadi, taqdim etilayotgan ma’lumotlarni standartlashtiradi va ularni qayta ishlashni soddalashtiradi. SHuningdek, biznesni ro’yxatdan o’tkazish uchun hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan imzolash talab etilmaydi, bunda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari Yagona portalda unda ko’rsatilgan usullardan biri orqali masofadan ro’yxatdan o’tishlari lozim bo’ladi. Arizachilarning xohishiga ko’ra, avtomatlashtirilgan tizim arizada ko’rsatilgan ma’lumotlardan kelib chiqib shakllantiradigan, ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllaridan foydalanish yoki arizaga skaner qilingan ta’sis hujjatlarini ilova qilish mumkin. Ilk marotaba davlat bojlarini respublikada faoliyat yuritib turgan elektron to’lov tizimlari orqali to’lash mumkin bo’ladi, bunda arizachidan belgilangan davlat boji stavkasining 1 foizi miqdorida to’lov undiriladi. 12 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida" 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qarori |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling