Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
47 Yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) o’z faoliyatlarini vaqtinchalik to’xtatib turish yoki qayta tiklash to’g’risidagi arizani avtomatlashtirilgan tizim orqali topshirishlari mumkin bo’ladi, bu esa YaTTning soliqlar to’lamaslik bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchiliklarini soddalashtirish va pasaytirishga yordam beradi. Tadbirkorlik sub’ekti barcha tegishli vakolatli davlat (litsenziyalovchi va hokazo) organlarini uning manzili (joylashgan joyi, yashash joyi) o’zgarganligi to’g’risida avtomatlashtirilgan tizim vositasida bir vaqtning o’zida xabardor qila oladi, bu esa davlat organlariga alohida xabarnomalar jo’natishga zaruriyat qoldirmaydi. SHuningdek, qayta tashkil etish to’g’risidagi axborotni bosma ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish to’g’risidagi talabni bekor qiladi, bunda axborotni kreditorlar tanishib chiqishlari uchun Yagona portalda elon qilish yetarli bo’ladi, bu esa tadbirkorlar xarajatlarini kamaytiradi. Biznesni ro’yxatdan o’tkazishni rad etish uchun asoslarning batafsil ro’yxati belgilangan. Demak, ro’yxatdan o’tkazish uchun so’rovnoma to’ldirilayotganda ko’rsatilgan ma’lumotlar avtomatlashtirilgan tizimning tegishli ma’lumotlar bazalari bo’yicha avtomatik tarzda tekshiriladi. Tadbirkorlik sub’ektiga Tizim imkoniyatlaridan foydalangan holda unga taalluqli bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlar davlat organlari tomonidan so’ralgan holatlari to’g’risida axborot olish huquqi berilgan, qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik sub’ekti erkin foydalanishi taqiqlangan axborot bundan mustasno. Yuritilishi markazlashtirilgan tarzda elektron ko’rinishda amalga oshiriladigan Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reestrida (TSYaDR) mavjud bo’lgan dolzarb ma’lumotlarning shaffofligini va ulardan erkin foydalanish imkonini oshirish o’ta muhimdir. Yagona portalga joylashtiriladigan va ular o’zgarishi bilanoq har soatda yangilanib boriladigan ma’lumotlarning eng kam hajmi belgilandi. Demak, yuridik shaxslar to’g’risidagi quyidagi axborotdan ommaviy foydalanish mumkin bo’ladi: nomi, STIR, maqomi (faoliyat yuritayotgan, tugatilish jarayonida, faoliyatini to’xtatgan), tashkiliy-huquqiy shakli, mulkchilik shakli, ustav fondining miqdori, qimmatli qog’ozlari to’g’risidagi axborot, manzili va boshqalar; YaTTlar qismida esa: ismi, familiyasi, STIR, amalga oshirilayotgan faoliyat turi, jinsi va boshqalar. Ro’yxatdan o’tkazish ma’lumotlari o’rtasidagi farqlanishlarning oldini olish maqsadida ularning nisbatan ustunligini aniqlash qoidalari belgilangan. Demak, ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar bir biridan farq qilganida, ro’yxatdan o’tkazuvchi organda saqlanayotgan hujjatlar nisbatan ustunroq kuchga ega bo’ladi. TSYaDRdagi ta’sis hujjatlari va yozuvlardagi ma’lumotlar bir biridan farq qilganida, TSYaDRdagi yozuvlar nisbatan ustunroq kuchga ega bo’ladi. TSYaDRdagi va 2017 yilning 1 apreliga qadar yuritiladigan reestrlardagi yozuvlar bir biridan farq qilganida, TSYaDRdagi yozuvlar nisbatan ustunroq kuchga ega bo’ladi. Ro’yxatdan o’tkazish ma’lumotlari o’rtasidagi farqlanishlar ta’sis hujjatlariga kiritilayotgan o’zgartirishlar yoki qo’shimchalarni kiritish yo’li bilan tadbirkorlik sub’ektining o’zi tomonidan amalga oshiriladi. Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida nazarda tutilgan, biznesni ro’yxatdan o’tkazish tizimini isloh qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish davlat xizmatining – “biznesni ro’yxatdan o’tkazish”ning shaffofligi va sifatini sezilarli darajada oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan O’zbekistonni 2017–2021 yillrda rivojlantirishga doir harakatlar strategiyasida mamlakatning Jahon banki “Doing Business” tadqiqotlaridagi davlat xalqaro reytingini oshirishni ta’minlashga oid vazifa qo’yilgan. Demak, korxonalarni ro’yxatdan o’tkazishning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling