Biznesni tadqiq etish usullari
59
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 14 fevraldagi Farmoyishi bilan
Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarning ekspertlik va jamoatchilik
muhokamasini samarali tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, ularni
mukammal amalga oshirish, fuqarolik jamiyati institutlarini, ekspertlar va olimlarni
mamlakatimizni demokratlashtirish hamda modernizatsiya qilish jarayonlariga faol jalb
etish maqsadida poytaxtimizda Taraqqiyot strategiyasi markazi tashkil etildi.
Mustaqil davlatchiligimiz tarixida ilgari hech qachon huquqiy bazani
mustahkamlashda bunday jadallik yuz bermagan edi. Bu mamlakatimizda islohotlarni misli
ko’rilmagan darajada chuqurlashtirish jarayoni boshlanganidan dalolat beradi.Farmoyishda
besh ustuvor yo’nalish bo’yicha qilingan ishlar qisqacha sanab o’tildi. Jumladan, birinchi
ustuvor yo’nalish bo’yicha o’zgarishlar ham qayd etildi: “Xususan, davlat va jamiyat
qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor
yo’nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning
tuzilmasi, vazifa va funktsiyalari qayta ko’rib chiqildi, 20 ta davlat va xo’jalik boshqaruvi
organlari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi”.
21
2.5-jadval.
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar 2017 yil yanvar-sentyabr
22
21
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni.
2017 yil 15 avgust.
22
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. O’zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi.
2017 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |