Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
61 
2.3-rasm. Yalpi ichki mahsulotning tarmoqlar bo’yicha tarkibi
24
 
yanvar-sentyabr holatiga (jamiga nisbatan foizda) 
2017 yilning yanvar-sentyabrda YaIM tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 50,7 
foizni tashkil qildi, bu esa 2016 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 0,6 punktga kamdir 
(51,3 foiz). Jumladan, tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlari 0,6 punktga kamaydi 
va hisobot davrida 13,1 foizni tashkil qildi. Savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha 
xizmatlar ulushi 0,5 punktga oshdi va 11,6 foizni tashkil qildi, xizmat ko’rsatuvchi boshqa 
tarmoqlar ulushi 2016 yil yanvar-sentyabrdagi 26,5 foizdan 2017 yil yanvar-sentyabrda 26,0 
foizga tushdi. Mulkchilik shakllari bo’yicha YaIM umumiy hajmining 80,3 foizi 
iqtisodiyotning nodavlat sektoriga, 19,7 foizi - davlat sektoriga to’g’ri keldi. 
2017 yilning 9 oylik ma’lumotlariga ko’ra YaHMning yuqori o’sish sur’atlari Andijon 
viloyatida (107,1 foiz), Xorazm viloyatida (106,7 foiz) va Toshkent shaxrida (106,1 foiz) 
kuzatildi. Yalpi hududiy mahsulot o’sish sur’atlarining respublika darajasiga (105,3 foiz) 
nisbatan past ko’rsatkichlari Sirdaryo (99,0 foiz), Navoiy (100,7 foiz), Buxoro (103,0 foiz) 
va Surxondaryo (103,0 foiz) viloyatlarida kuzatilmoqda. 
 
24
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. O’zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi. 2017 
yil 


Biznesni tadqiq etish usullari 
62 
2.5-rasm. YaIMni shakllantirishda xududlarning ishtiroki
25
 
2017 yil yanvar-sentyabr holatiga (YaIMga nisbatan foizda) 
Respublika bo’yicha YaIMni shakllantirishda Toshkent shahri 15,5 foizli ulush bilan 
yetakchilik qilmoqda, Toshkent va Samarqand viloyatlari mos ravishda 10,8 foiz va 7,2 foiz 
ko’rsatkichi bilan keyingi o’rinlarni egallashgan. YaHMning eng kam ulushi Sirdaryo 
viloyatida (1,9 foiz), Jizzax viloyatida (2,5 foiz), Xorazm viloyatida (3,4 foiz) va 
Qoraqalpog’iston Respublikasida (3,4 foiz) kuzatildi. 
Respublikamizda xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, qishloq xo’jaligini 
modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim milliy korxonalarning 
aktsiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga 
tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlari jadal sur’atlar bilan rivojlantirilmoqda. 2017-2021 
yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya 
loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro’yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. 
Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog’i ulushi 80 foizdan 85 
foizgacha oshadi.
25
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. O’zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi. 2017 

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling