Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
58 mikrokreditlar esa 2,5 trln. so’mni tashkil etib, bu ko’rsatkich ham 2016 yilga nisbatan 1,3 barobarga o’sdi. 2.2. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari Har qanday milliy davlat jamiyat taraqqiyoti bilan birga ravnaq topadi. SHuning uchun ham davlat va jamiyat qurilishi - yaxlit kechadigan jarayon. Mustaqillikning o’tgan 26 yili, avvalo, davlat va jamiyat qurilishini tubdan isloh qilish orqali kechdi. Bu borada ham milliy an’analarimizga tayanib, ham xalqaro tajribalarga suyangan holda ish tutdik. Boshqacha aytganda, istiqlol tarixiga birinchi galda davlat va jamiyat qurilishi nuqtai nazaridan qarab baho berishimiz zarur. SHu yilning 27 iyunida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. Bu yilgi bayram “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ’ibot-tashviqot ishlari dasturi asosida amalga oshirilmoqda. Qarorda ushbu Dasturni 2017 – 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ma’no- mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlash belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida bu beshta ustuvor yo’nalishning birinchisi quyidagicha bayon etilgan: “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo’naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy - huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish”. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Milliy komissiya hamda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar tuzilgan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling