Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
52 
2.1-rasm. 2017 yilda malakatimizdan mahsulot eksport qilingan eng yirik 
davlatlar (mln. AQSH dollarida)
13
 
Mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini izchil rivojlantirish uni
yalpi milliy mahsuloti tarkibida hal qiluvchi tarmoqqa, ijtimoiy faol aholining katta qismini 
qamrab olgan sohaga aylantirdi. Kichik biznes mamlakat iqtisodiyotini barqaror sur’atlarda 
o’stirishning asosiy omillaridan biridir. Buni 2016 yilda kichik biznesning mamlakat yalpi 
ichki mahsulot hajmidagi ulushi 56,9 % ga yetgani yaqqol isbotlab turibdi. tashkil 
etdi.Mamlakatda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot hajmining 35,7 % kichik korxona 
va mikrofirmalar hissasiga to’g’ri kelmoqda.
Bugungi kunda O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda 
faqat savdo-sotiq, mayda hunarmandchilik bilan cheklanib qolmasdan, birinchi navbatda 
zamonaviy texnologiya va asbob-uskunalar asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, 
ichki va tashqi bozordagi o’zgarishlarga tez moslashadigan xususiy tadbirkorlik sohasini 
taraqqiy ettirishga alohida ahamiyat berilmoqda. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo’llab-
quvvatlash va rag’batlantirish, ularning faoliyati uchun qulay muhit yaratish borasida 
amalga oshirilayotgan tadbirlar 2017 yilning yanvar–dekabrida 38,2 mingdan ortiq kichik 
biznes sub’ektlari tashkil etildi. Bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 122 % ga ko’pdir. 
Eng ko’p kichik biznes sub’ektlari sanoat tarmog’ida jami tashkil etilgan sub’ektlarning 27 
%, savdo sohasida 21 %, qishloq, o’rmon va baliqchilik xo’jaligida 13 % va qurilishda 10 % 
tashkil etilgan
14

2018 yil 1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes 
sub’ektlari soni (dehqon va fermer xo’jaliklaridan tashqari) 229666 tani tashkil etdi. 
Joriy yilda o’rtacha har 1000 nafar aholigi to’g’ri keladigan kichik biznes sub’ektlari 
soni 12,2 birlikni tashkil etadi yoki o’tgan yilga nisbatan 107,0 % ga teng. 
Hududlar bo’yicha eng yuqori ko’rsatkich Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax va 
Toshkent viloyatlariga to’g’ri keladi. 
2017 yilning yanvar-dekabrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi 
ulushi 53,3 % ni tashkil qildi, bu esa 2016 yilning yanvar-dekabrida 3,1% ga kam ekanini 
ko’rsatadi. 
Bugungi kunda O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda 
faqat savdo-sotiq, mayda hunarmandchilik bilan cheklanib qolmasdan, birinchi navbatda 
zamonaviy texnologiya va asbob-uskunalar asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, 
ichki va tashqi bozordagi o’zgarishlarga tez moslashadigan xususiy tadbirkorlik sohasini 
taraqqiy ettirishga alohida ahamiyat berilmoqda. 
2.1.-jadval 

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling