Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
49 
organlari va tashkilotlarida hujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha murakkab tartib-
taomillardan o’zlari o’tishga majbur bo’lmoqdalar.
Qator davlat organlarida axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalari mavjud 
emasligi, shuningdek, ular idoralararo integratsiya qilinishining past darajada ekanligi 
vaziyatni murakkablashtirib, barcha davlat xizmatlari majmuasidan qulay va o’z vaqtida 
foydalanishni ta’minlash imkonini bermayapti.
Bundan tashqari, ko’pchilik davlat xizmatlarini ko’rsatishning tartib-taomillari 
fuqarolar uchun murakkab va foydalanish uchun qiyin bo’lib qolmoqda, ularning narxini 
shakllantirish mexanizmlari esa shaffof emas. Natijada alohida hollarda tor idoraviy 
manfaatlarning yuzaga kelishiga olib kelgan.
Ayrim hollarda fuqarolar davlat organlariga murojaat qilishda asoslantirilmagan 
moliyaviy xarajatlarga duch kelmoqdalar, eng avvalo, axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari joriy etilishining past darajadaligi, qog’oz hujjatlar aylanmasining saqlanib 
qolingan andozalari navbatlar yuzaga kelishiga olib kelmoqda.
Davlat xizmatlari ko’rsatishni, shu jumladan real vaqt rejimida masofadan monitoring 
qilish va jamoatchilik fikrini o’rganish orqali nazorat qilish va sifatini baholashning 
ta’sirchan tizimi mavjud emasligi ushbu xizmatlar sohasida qonuniylikni ta’minlashning 
samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Ko’rsatib o’tilgan muammolar aholining davlat xizmatlaridan keng foydalanishini 
ta’minlash, ularni ko’rsatish bilan bog’liq vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, 
aholining davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini oshirish imkonini 
bermaydi. 
Aynan shu munosabat bilan Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan “Aholiga davlat 
xizmatlari ko’rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
Farmon davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkonini tubdan 
oshirish bo’yicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni, “Xalq davlat idoralariga 
emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug’vor g’oyani so’zsiz 
amalga oshiruvchi asosiy g’oyalarni belgilab berdi.
Xususan, mazkur sohadagi davlat siyosatini amalga oshirishga mas’uliyat yuklangan 
alohida davlat organi – Davlat xizmatlari agentligi hududiy bo’linmalari bilan tashkil etildi. 
Bu amalga oshirilayotgan islohotlarning uyg’unligi va izchilligini ta’minlaydi, davlat 
xizmatlarini sifatli bajarish uchun vakolatli organlar va tashkilotlarning javobgarligini 
oshiradi. SHu bilan birga, aholiga davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasida boshqaruvni 
amalga oshirishning aniq tashkiliy-institutsional asoslarini shakllantirish ta’minlanmoqda.
Endilikda “yagona darcha” tamoyili nafaqat tadbirkorlik sub’ektlariga, balki bevosita 
fuqarolarga ham xizmat ko’rsatishda amal qiladi. Davlat xizmatchilari bilan bevosita 
muloqot qilmasdan hamkorlikni ta’minlash aholi uchun davlat xizmatlarini korruptsiya 
xavfisiz tezkorlik bilan ko’rsatish imkonini beradi, fuqarolarning kundalik hayotini jiddiy 
ravishda yengillashtiradi, byurokratiya va sansalorlik holatlarini bartaraf etadi.
SHu munosabat bilan Farmonda Davlat xizmatlari yagona reestrini tashkil etish, davlat 
xizmatlarining har bir turi bo’yicha yagona ma’muriy reglamentlar ishlab chiqish, Agentlik, 
uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlarida axborot tizimlari, resurslari, 
ma’lumotlar bazalari hamda dasturiy mahsulotlarni, shuningdek, apparat-dasturiy 
majmualarni joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Bu davlat xizmatlari 
ko’rsatish sohasida “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” degan muhim tamoyilni joriy 
etish imkonini beradi.



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling