Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
44 Davlat ro’yxatidan o’tkazish quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi: 1. Internet jahon axborot tarmog’i orqali tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yishning avtomatlashtirilgan tizimi vositasida Yagona portalda; 2. Ariza beruvchilar davlat ro’yxatidan o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish uchun tegishli (pochta manziliga muvofiq joylashgan joydagi - yuridik shaxslar uchun yoki doimiy ro’yxatda turgan joyidagi yoxud doimiy yashash joyidagi - jismoniy shaxslar uchun) ro’yxatdan o’tkazuvchi organga o’zlari kelib murojaat qilgan holda. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali quyidagilar amalga oshiriladi: davlat ro’yxatidan o’tkazish; qayta tashkil etish yo’li bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish; qayta ro’yxatdan o’tkazish; davlat ro’yxatidan o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish uchun davlat bojini to’lash; ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomani erkin olish; yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to’xtatib turish va tiklash to’g’risida ariza topshirish; ro’yxatdan o’tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning belgilangan tartibdagi hamkorligi; ro’yxatdan o’tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni, shuningdek davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarini tadbirkorlik sub’ektining manzili (joylashgan joyi, yashash joyi) o’zgarganligi to’g’risida xabardor qilish; "tadbirkorlik sub’ektining shaxsiy kabineti"ni ochish va undan erkin foydalanish; Reestrdan ko’chirma, so’ralayotgan hujjat, tadbirkorlik sub’ektlarining ro’yxati yoki so’ralayotgan ma’lumotning va (yoxud) hujjatning mavjud emasligi to’g’risidagi ma’lumotnoma shaklidagi aniq tadbirkorlik sub’ektlari haqida ma’lumot so’rash va olish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling