Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
42 
byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalari, shuningdek, nodavlat notijorat 
tashkilotlariga tatbiq etilmaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat 
xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida”gi 01.02.2017 y.N PQ-2750 Qaroriga muvofiq tuman va shaharlarda faoliyat 
ko’rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat 
xizmatlarini ko’rsatish markazlari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan O’zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi boshqaruviga o’tkazilmoqda. Bu esa “yagona darcha” 
markazlarini samarali boshqarish, ularning faoliyatini va boshqa davlat organlari bilan 
o’zaro hamkorligini tashkil etishga nisbatan tizimli yondashuvni belgilash imkoniyatini 
beradi.
Banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalaridan tashqari barcha 
tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish “yagona darcha” markazlari 
zimmasiga yuklatilmoqda. Bunday chora tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish va 
hisobga qo’yishning mavjud tarqoq tizimi o’rniga yangi, yaxlit tizimni yaratishga 
qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “yagona darcha” markazlari faoliyatiga 
umumiy rahbarlikni hamda tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatishga oid 
qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ etib 
belgilandi.
“Yagona darcha” markazlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish 
uchun 16 turdagi ruxsatnomalarni boshqa idoralarga bormasdan rasmiylashtirish amaliyoti 
tadbirkorlik sub’ektlarining vaqti va moddiy sarf-xarajatlarini tejashga ko’maklashadi.
1.2-jadval 
Tadbirkorlik sub’ektlariga «Yagona darcha» tamoyili bo’yicha ko’rsatiladigan 
xizmatlar

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling