Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
40 Iqtisodiyotning izchil va barqaror rivojlanishini ta’minlashda kelgusi davr uchun puxta va har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo’nalishlar, turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlarning ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat uchta bir-biriga bog’liq bo’lgan muammolarga duch keladi. Iqtisodiyot nazariyasi bu muammolarni quyidagicha tariflaydi. Birinchidan, nima ishlab chiqarish va qancha miqdorda? Ikkinchidan, qanday ishlab chiqarish va qancha xarajatlar zarur bo’ladi? Uchinchidan, kim uchun ishlab chiqariladi va ular qanday taqsimlanadi? Jahon amaliyotidan ma’lumki, rivojlangan davlatlar ham, yuqoridagi masalalarni hal qilishda bir talay negativ hodisalarga duch kelmoqda. Bular jumlasiga krizislar, monopolizm, inflyatsiya, ishsizlik, iste’mol bozoridagi nomutanosiblik, resurslarni, tovar va xizmatlarni difitsitligi, pul muomalasidagi nuqson va kamchiliklar kabilar. Yuqorida keltirilgan uchta fundamental muammoni hal qilish, keltirilgan kamchiliklarni, nuqsonlarni yechimini topish o’z-o’zidan hal bo’lmaydi. Buning uchun ular hal qilish usullari va mexanizmini to’g’ri topish, iste’molchilar talabini to’la qondirish yo’llarini izlash, yuqori samarali ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni boshqarish, tarmoqlararo va xo’jalik sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni boglash, sotuvchi bilan iste’molchilar orasidagi munosabatlarni takomillashtirish kabi iqtisodiy hodisalarni uygunlashtirish kabi masalalarni hal qilish zarurati to’giladi. Bularni hal qilish nazariy va amaliy bilimlarni mustahkam egallagan, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni hal etishda ijodiy qo’llayoladigan, masalani to’g’ri o’rgana oladigan, uni nihoyasiga yetkazish bo’yicha optimal qaror qiladigan mutaxassislarga ko’pdan bog’liqdir. Bunday mahoratlarga ega bo’lish sifatli iqtisodiy, nafaqat abstrakt iqtisodiy nazariya, balki ko’proq amaliy iqtisodiy bilim beradigan adabiyotlarni, darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratilishi va chop etilishiga ham bog’liqdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling