Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
41 1.3. O’zbekistonda biznesni rivojlantirish to’g’risidagi qonunlar, farmonlar va nizomlar Har qanday shakldagi korxona joylashgan manzilgohi bo’yicha davlat organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatiga olish, tegishli ravishda, yustitsiya organlari yoki tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish inspektsiyalari o’rniga tashkil etilgan "yagona darcha" markazlari tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida" 2015 yil 15 maydagi PF-4725-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash va tadbirkorlik tuzilmalariga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda davlat xizmatlarini ko’rsatish sifati hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspektsiyalari negizida tadbirkorlik sub’ektlariga "yagona darcha tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlari tashkil etildi. Bundan kelib chiqqan holda, vazirliklar, davlat qo’mitalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarida mavjud "yagona darcha" xizmatlarining faoliyati 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab to’xtatildi. Mazkur xujjatga ko’ra "Yagona darcha" markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: "yagona darcha" tamoyili bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish; tadbirkorlik sub’ektlariga ro’yxatdan o’tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash tartib- taomillarida shaffoflikni ta’minlash; tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko’rsatishda byurokratik g’ov-to’siqlarga yo’l qo’ymasdan davlat xizmatlari ko’rsatayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o’rnatish; arizachilarga informatsion yordam ko’rsatish, shuningdek davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibi va muddatlari to’g’risida bepul konsultatsiya berish. Korxonalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi va muddatlarini “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646 sonli Qarori belgilab beradi. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tartibini tubdan takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida ularning davlat organlari bilan o’zaro munosabatlarida bevosita muloqot qilmaydigan shakllaridan foydalanishni jadal rag’batlantirish maqsadida mazkur qarorda alohida chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi. CHora-tadbirlarda tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yishni avtomatlashtirilgan tizimini bosqichma-bosqich ishlab chiqish va joriy etish, 2017 yil 1 apreldan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan O’zbekiston Respublikasi Davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga integratsiyalashgan Internet tarmog’idagi Tizim orqali kechayu-kunduz o’tkazish va hisobga qo’yish ta’minlash belgilab berildi. Ushbu talablar banklar va kredit |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling