Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
37 
raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etishni 
o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini yanada 
kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni 
ko’paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam 
ko’rsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi bozor kon’yunkturasi 
o’zgarishlari xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilishni ta’minlash maqsadida 2013 yil 8 
avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub’ektlari eksportini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror asosida Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tashkil etildi, uning 
asosiy vazifalaridan biri etib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, fermer 
xo’jaliklariga: eksportga mo’ljallangan mahsulotning mamlakatimiz brendlarini 
rivojlantirish, eksportga yetkazib berishni olg’a siljitish, jumladan, xorijiy mamlakatlarning 
qonunchiligiga muvofiq zarur litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar, shuningdek, kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining xalqaro tender savdolarida ishtirok etishi 
bilan bog’liq ro’yxatdan o’tish yig’imlari hamda boshqa to’lovlarni to’lash belgilandi.
6
Demak, kichik biznes va fermer xo’jaligi rahbarlarini marketing, menejment va brending 
sohasidagi bilimlarini rivojlantirish choralarini ko’rish talab etiladi.
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga biznesni tadqiq etish jarayoni, uning 
xususiyatlari, bozordagi vaziyat, baho dinamikasi, taklif va talab kabi omillar yig’indisining 
o’zaro munosabati orqali aniqlashni o’rgatish, biznes jarayonini amalga oshirish, tovarlar 
bozorida tadqiqotlar olib borish, iste’molchilarning tovarlarga bo’lgan munosabatini 
o’rganish, brend tovralar baholarini shakllanishi va iste’molchilarga servis xizmat ko’rsatish 
strategiyalarini, tovar va xizmatlar sotilishini kengaytirish imkoniyatlari va uni raqobatga 
bardosh bera olish strategiya usul va yo’llarini o’rgatish hamda kompaniyalarning bozordagi 
raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha tavsiyalar berish bo’yicha yo’nalish profiliga mos 
bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – biznes va biznes muhitini aniqlash, biznes jarayonini tadqiq etish 
usullari, marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, innovatsiya jarayoni, yangi mahsulotlar 
ishlab chiqarish va ularni bozordagi o’rnini ta’minlash chora tadbirlarini ko’rish, biznes 
jarayonida iste’molchilar xulq-atvorini o’rganish tamoyillari bilan yaqindan va har 
tomonlama tanishtirish, nazariy materiallarni o’zlashtirish, biznesda zarur axborotlar 
bazasini shakllantirish, CRM texnologiyalar, tadiii etishning zamonaviy usullari bo’yicha 
to’plangan yirik korxonalar tajribasini o’rganish natijasida biznes muhitini baholash, 
firmaning strategiyasini tanlash, istiqbol rejalarini yaratish hamda ularni qo’llashni 
o’rgatishdan iboratdir.
Mutaxssislik fanlari ichida biznesni tadqiq etish usullari alohida o’rin tutadi. CHunki 
har doim insonning hayoti iqtisodiyot bilan chambarchas bog’liq bo’lgan va ta’minlangan. 
SHuningdek, iqtisodiyotning muhimligi shundaki, u insonning eng zarur moddiy sharoitini 
ta’minlaydi, yashash uchun sharoit yaratadi. Iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli 
rivojlanayotgan jamiyatda tinchlik, tartib va barqarorlik xukm suradi. Samarali iqtisodiyot 
tamoyillari va qonunlarini bilish esa insonlarda o’ziga ishonch uyg’otadi, eng qiyin iqtisodiy 
6
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo’llab-
quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi Qarori. 2013 yil, 8 avgust. 
www.lex.uz
  



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling