Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o’rni hamda boshqa o’quv fanlari bilan bog’liqligi.
Biznesni tadqiq etish usullari
35 hammasini yashirib yurdik-ku? Nom qo’yishda juda o’yladim, natija berishi kerak, chiroyli qilib ko’chaga yozib qo’yish emas bu. Yangi fikr, g’oya, innovatsiya bo’lmasa, keyingi kunda yuta olmaymiz, har bir hokim buni bilishi kerak” 4 , dedi Prezident. SHu o’rinda faol tadbirkorlik degan tushunchaga qisqacha to’xtalib o’tish zarur. Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg’or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo’nalishdir. Boshqacha qilib aytganda, biz O’zbekistonni ishlab chiqarishda innovatsiya va intellektual hissaning yuqori ulushi bo’lgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, zamonaviy va global bozorda raqobatbardosh sanoatga, shuningdek, qulay investitsiyaviy va ishchanlik muhitiga ega jadal rivojlanayotgan mamlakatga aylantirishimiz lozim. Qo’yilgan maqsadlarga O’zbekistonni rivojlanishning innovatsion modeliga to’liq o’tkazmasdan turib erishish mumkin emas, bu mamlakatda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlashning hamda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaga innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalda joriy qilishni rag’batlantirishning samarali tizimini yaratish zaruratini taqozo etadi. 1.2. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o’rni hamda boshqa o’quv fanlari bilan bog’liqligi. Raqobat va informatsion texnologiyalarning rivojlanishi, biznesning globallashuvi va boshqa omillarning ta’siri natijasida biznes sohasida yuz berayotgan juda keskin o’zgarishlar biznes jarayonini tadqiqi etish va boshqarishga alohida ahamiyat bilan qarash lozimligini taqozo etmoqda. Strategik boshqarish jarayonini shartli ravishda uchta fazaga ajratish mumkin: strategik rejalashtirish, strategik tashkillashtirish, nazariy nazorat va tartibga solish fazalaridir. Bu fazalarning xar birida nisbatan mustaqil bo’lgan boshqarish masalalari yechiladi. Strategik rejalashtirish – bu strategik xolatlarning tahlili orqali korxonaning strategiyasini aniqlab olish jarayonidir. Bundan tashqari strategik rejalashtirish korxonaning raqobat ustunliklariga erishish, saqlab qolish xamda rivojlanishiga ko’maklashuvchi tashqi va ichki omillar va faoliyatlarning taxlil qilib chiqishni ham nazarda tutadi. Strategik tashkillashtirish korxonani tanlab olgan strategiyasiga eng samarali va to’la xolda moslashuvi jarayoniga aytiladi. Strategik nazorat va tartibga solish – korxonani amaldagi erishgan xolatini baxolash va taxlili asosida korxona o’z oldiga qo’ygan strategiyaga to’la erishish xamda kelajakdagi tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqib qo’llash jarayonini ko’zda tutadi. Strategik rejalashtirish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti studentlarga kelajakda tadbirkorlar sifatida bozor sharoitida samarali ishlash imkoniyatini beradi. Ushbu masalalarni amalga oshirishda “Biznesni tadqiq etish usullari” fanida o’rganiladigan mavzular, nazariy-amaliy masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Biznes – bu tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so’z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir. Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling