Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
34 
Joriy 2018 yilda umumiy qiymati 1,0 mlrd. dollarlik 145 ta ishlab chiqarish 
quvvatlarini foydalanishga topshirish orqali 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatdosh tayyor 
mahsulotlar o’zlashtirilishi nazarda tutilgan. Meva-sabzavot va go’sht-sut mahsulotlarini 
qayta ishlash sohasida 147 mln. dollarlik 63 ta loyiha, rangli va qimmatbaho metallarni 
chuqur qayta ishlash bo’yicha 217 mln. dollarlik 6 ta loyiha, kimyoviy xom ashyolarni 
chuqur qayta ishlash bo’yicha 25 mln. dollarlik 2 ta loyiha, uglevodorod xom ashyolarini 
qayta ishlashni chuqurlashtirish bo’yicha 342 mln. dollarlik 6 ta loyiha, tayyor charm-
poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha 6 mln. dollarlik 9 ta loyiha, 
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo’naltirilgan 24 mln.dollarlik 7 ta 
loyiha, qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo’yicha 151 mln. 
dollarlik 29 ta loyiha, tayyor to’qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni 
oshirish bo’yicha 178 mln. dollarlik 15 ta loyiha shular jumlasidan. Ushbu tadbirlarni 
amalga oshirish sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning tannarxini o’rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishga 
asos bo’ladi. 
Tabiiyki, mavjud vaziyat yaratilayotgan shart-sharoitlar natijasida quyidagi vazifalarni 
amalga oshirishga taqoza qiladi: 
 xususiylashtirilgan 
korxonalar 
ishining 
samaradorligini 
ularni 
xususiylashtirilgandan keyin qo’llab-quvvatlash; 
 xalq xo’jaligi tarmoqlarini tarkibiy qayta qurish hisobiga yangi ish o’rinlari, 
ayniqsa qishloq joylarda, barpo etish; 
 ichki bozorni mahsulot bilan to’ldirish va mahsulotlarning eksportbopligini 
oshirish maqsadida raqobatli bozor muhitini yaratish; 
 mintaqalarda bozor infratuzilmasini intensiv rivojlantirish va uning tomonidan 
ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, uning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan 
aloqalarini mustahkamlash; 
 mulkdorlarning samarali sinfini yaratish; 
 qimmatli qog’ozlar va ko’chmas mulkning to’la qimmatli bozorini barpo etish. 
Jahon tajribasi barcha sohalarda sifatli o’sishni ta’minlovchi yangiliklarni uzluksiz 
tarzda amaliyotga joriy etish jamiyat va iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga 
aylanganligini ko’rsatmoqda. Bugun rivojlanishning innovatsion modellari va “aqlli” 
texnologiyalar amalga oshirilayotgan mamlakatlar eng muvaffaqiyatli va barqaror 
hisoblanadi. Bunday mamlakatlarning barqaror taraqqiyoti, ularning jahon bozorlarida 
raqobatbardoshligi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan foydalanishga 
emas, balki innovatsion g’oyalar va ishlanmalarga asoslanadi. Ushbu mamlakatlarda 
innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo’yicha davlat 
strategiyasining ijrosi shartli ravishda “kelajak vazirliklari” deb nomlanuvchi maxsus 
idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
2017 yil 22 dekabr kuni Simpoziumlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
SHavkat Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi e’lon 
qilindi. Prezident kirib kelayotgan yangi - 2018 yilni O’zbekistonda “Faol tadbirkorlik
innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilishni taklif 
etdi. 
“Bu masala bo’yicha ko’p o’yladik, ko’p maslahatlashdik. Yil davomida kelgan 
ko’plab murojaatlar, fikr-mulohazalar e’tiborga olindi. Ish o’rinlarini yaratmasak odamlar 
bizdan rozi bo’lmaydi, ko’p muammolar bor yo’l yo’q, svet, gaz yo’q, nogironlar qancha, 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling