Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


“Biznesni tadqiq etish usullari” - fan va o’quv kursi sifatida


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

1.1. “Biznesni tadqiq etish usullari” - fan va o’quv kursi sifatida. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy 
tuzilmasiga ega bo’lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish 
Vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. 
Ushbu maqsadga erishish uchun esa eng avvalo iqtisodiyotning real sektorini jadal 
rivojlantirish zarur bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan 
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi 
to’g’risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va 
jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, 
mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish 
bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 - 2021 yillarda 
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar 
strategiyasi tasdiqlandi
3
. Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va 
liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari alohida muhim o’rin egallaydi. Tarkibiy 
o’zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda 
mintaqada ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish 
hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o’rnini bosish, 
tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish Xarakat dasturining eng ahamiyatli 
vazifalari qatoridan o’rin olgan.
Amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar davomida iqtisodiy munosabatlarda, eng avvalo, 
mulkchilikka bo’lgan munosabatda tub o’zgarishlar ro’y berdi. Respublikada 
xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo’yicha ilgari qabul qilingan dasturlarni 
amalga oshirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyot aniq qaror topdi, iqtisodiyotning nodavlat 
sektori mustahkamlandi va faol rol o’ynay boshladi. 
SHu bois, Harakatlar strategiyasining mazkur yo’nalishida tizimli tadbirlarni amalga 
oshirishning muhim sharti sifatida quyidagilar belgilangan: 
3
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi 
to’g’risida”gi PF-4947-sonli 
Farmoni
. // Xalq so’zi. 8 fevralь 2017 yil.



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling