Наманган давлат университети педагогика факультети “Бошланғич таълим методикаси” кафедрасининг 2016-2017 ўқув йилида эришган ютуқлари ҳақида


Download 52.92 Kb.
bet11/12
Sana05.01.2022
Hajmi52.92 Kb.
#228502
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
bolalar adabiyoti f

Yo lbarslarday yuraklim, alia, Qoplonlarday bilaklim, alia. Yaxshi-yomon kunimda, alia, Menga juda keraklim alla.


Alla, bolam-ey, Guli lolam-ey. Tezroq katta bo'l, Mushtoq olam-ey. Alla, alla-ey, Yorqin kelajak, Seni kutajak.

Toza qalbingga Sevinch to'lajak. Alla, alla-ey.




Alla, erkatoy Og'zing to Ta moy, Baxting munavvar, Sharofatga boy, Alla, alla-ey.

Alla erkatoy, Mushtoq senga toy, Uxlasang, qalbing Oehadi chiroy, Alla, alla-ey.




19





Beshigi taxta,

Orqasi paxta.

Egasi keldi,

Kuchugi qoch.

Ichida yotganni Bahrini о ch.

Chaqaloq beshikda maza qilib uxlab, orom olib bo'lgach, norasidani beshikdan olayotganda aytiladigan qo'shiq ham nihoyatda muxtasar aytilgan. Alloh beshikdagi chaqaloqqa xotirjamlikni ato etganligini, shu sababli hech qanday sharpa-dushman uning uyqusini buza olmasligini quyidagi to'rtlikdan bilib olish qiyin emas:

Taqa-tuqi gavora bo'lsin,

Dushmani ovora bo'lsin.

Uyqusi beshikda qolsin,

Dushmani eshikda qolsin.

Xalqda chaqaloq uchun xavfli kunlar ham borligi alohida qo'shiqlarda ta’kidlanadi. To'qqiz kunlik bo'ldimi, tamom, u yashab qolishi, endilikda xavf-xatardan butunlay xoli bo'lib olganligi, do st ustiga do'st orttirib shu xonadonning haqiqiy a’zosiga aylanib qolganligi manabu qo'shiqdato'la-to'kis ifoda etilgan:

To'qqizdan o'tdi bu bacha,

Endilikda o' Imas bu bacha.

Bog'laming g o'rasi bu bacha,

Bolalar jo'rasi bu bacha.

Shu uyning to'risi bu bacha,

Shamsu qamaru sitora Hamrohi shu bacha.

Xalq hayotda hech qachon shoshilmaydi, shoshqaloqlikka yo'l ham qo'ymaydi. Hamma narsa o'z o'rnida, o'z yo'lida bir me’yorda davom etishini orzu qiladi. Bu gapning tasdig' ini o' sha yangi olamga kelgan chaqaloq, u bilan bog Iiq bo'lgan rasm-rusum misolida bilib olish mumkin. Mana bolaning tishi ko'rindi. Bu voqea ota-ona uchun ham shu oila a’zolari-yu, butun qavm-qarindoshlar uchun ham katta




20





voqea. Negaki, endilikda bola o'zi mustaqil ovqat eydi, hayot uchun, yashash uchun kurashadi:

Bahor keldi, qish chiqdi,

Chaqaloqqa tish chiqdi.

Kichkintoy deb o'ylamang,

Unga ham yumish chiqdi.

Ovqatini chaynashga Har kuni bir ish chiqdi.

Bolaning o'tirishi ham hammaga katta quvonch bag'ishlaydi. Bu haqda xalqning to'qigan mana bunday hazilomuz qo'shig'i hamon xonama-xona, oilama-oila ko'chib yuradi:

O'tirsin-o o'tirs in,

Boshini guldan to' ldirsin.

Shuginani ko'rgan qizlar,

O'zini osib o'ldirsin!

Xuddi shuningdek, bola tetapoya qilib birinchi bor oyoq chiqarganda aytiladigan qo'shiq ham juda jozibali:

Adoq-adoq yurisin,

Tikon shunga kirmasin.

Ko'zi qattiq bandalar Ko'zi shunga kirmasin.

Kiyim-Iattaning umri qisqa, deyishadi keks alar. Bu gap xalq qo'shiqlarida ham o'z ifodasini topgan. Bolaga yangi kiyim kiydirilayotgan paytda aytiladigan qo'shiqlarda xalq gapning lo'ndasini aytib qo'ya qolgan:

Tepa-tepa to'zdirmay,

Mingan otim o'zdirmay.

Sen-bir yillik,

Men-ming yillik.

Yoqasi moyli bo'lsin,

Etagi loyli bo' lsin,

Mayli, bir yilda to'zsin,

O'zi-chi, ming yil kulsin!




21





Xalq qo'shiqlarida rasm-rusumlar rangba-rang. Hammasi o'rinli, hammasi zarur. Masalan, qizaloqning sochini ilk bor yuvib-taraganda sochning uzunligi, qalinligi, ko'rsa-ko'rgidakligi, katta-kichikning havasini keltiradigan darajada ko'rkamligi obdon maqtaladi. Ayrim qo'shiqlarda sochning ta’rifi oy-yu, quyosh bilan bog'lab kuylanadi. Baquvvat sochning uzunligi cho'zsa oy va quyoshga ham etib borishi quvnoq misralarda ifodalanadi:


Download 52.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling