Namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti
I. Yoshi ulug’larning suhbat odobi qoidalari oltita
Download 0.97 Mb.
|
Namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Yoshlar suhbat odobi sakkizta
I. Yoshi ulug’larning suhbat odobi qoidalari oltita:
1. Har kimning ahvoliga qarab munosib so’z aytsin; 2. Dag’allik qilmasdan, lutf va muloyimlik bilan gapirsin; 3. Gapirayotganda tabassum qilib, ochilib gapirsin; 4. Ovozini baland ko’tarmasin, eshituvchilarga malol keltirmaydigan qilib gapirsin; 5. Odamlarga naf’i tegadigan ma’noli gaplarni gapirsin; 6. Agar so’zning qimmati-qadri bo’lmasa uni tilga olmasin, chunki ulug’larning so’zi bamisoli urug’dir, agar urug’ puch yoki chirigan bo’lsa, uni qaerga ekmang unib chiqmaydi; II. Yoshlar suhbat odobi sakkizta: 1. So’ramagunlaricha gapirmasin; 2. Gapirayotganda ovozini baland ko’tarmasin; 3. Gapirayotganda o’nggu sulga qaramasin; 4. G’arazli va kinoyali gaplarni gapirmasin; 5. Qattiq gapirmasin va betga choparlik qilmasin; 6. Pushaymon bo’lmaslik uchun o’ylab gapirsin; 7. Odamlar gapini bo’lib so’z qotmasin; 8. Ko’p gapirmasin. Chunki ko’p gapirish aqli noqislik belgisidir. Oz bo’lsa ham, ammo soz gapirishni shior etsin. O’zbek badiiy nutqi tarixida Z.M.Bobur alohida o’rin tutadi. Shoirning nazmi va «Boburnoma»si nutqning go’zal namunalaridir. Dunyo olimlari «Boburnoma» ni XV asrning eng yaxshi prozaik asari deb tan olishlari bejiz emas, albatta. «Boburnoma» nihoyatda go’zal va ravon tilda yozilgan asardir. Bobur o’zi hammabop yozishi bilan birga, boshqalarga ham shunday ish tutishni maslahat beradi. Jumladan, Boburning Humoyunga yozgan xatini eslash etarlidir. (Xat o’qilib, tahlil etaladi). Shuningdek, keyingi asrlarda ijod qilgan Ogahiy, Komil Xorazmiy, Munis Xorazmiy, Mashrab, Maxmur, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Avaz O’tar o’g’li, Fitrat, Behbudiy, So’fizoda, Hamza kabi mutafakkirlarning asarlarida o’zbek mumtoz adabiy tili me’yorlari amaliy jihatdan mukammallashib bordi va ularning asarlari nutq madaniyati rivojiga bebaho hissa bo’lib qo’shildi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, Sharq mutafakkirlari notiq oldiga tilni puxta o’rganish, uning lug’aviy boyligi va grammatikasini puxta egallash, mantiqli so’zlashni o’rganish, nutqning ichki (mazmun) va tashqi «shakl» ko’rinishiga birdek e’tibor berish, go’zal va ta’sirchan nutq tuza bilish, til boyliklarini maqsadga muvofiq hamda o’rinli ishlatish vazifalarini qo’yadilar va ularning ijrosini chuqur tahlil etadilar. Demak, nutq madaniyatining tarixi qadimiy ekan, uning boyligi ham bitmas tuganmasdir. Bu boyliklardan o’rinli foydalaning jozibali nutq ifodasini hosil qiladi. Bu nutqimizning yuksak namunasi bo’lib, adabiy til boyligidan saralab olingan so’zlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Nutq jarayonida aniq qoliplari ishlab chiqiladi, takomillashtirilib boriladi. Mavjud lingvistik adabiyotlarda notiq, notiqlik san’ati, voiz, voizlik, voizlik san’ati kabi tushuncha va atamalarga duch kelamiz. Xalq orasida: so’zga chechan, so’zga usta, so’z ustasi, so’zamol, so’zamollik, so’zni boplaydi, gapni do’ndiradi, gapga usta, chiroyli gapiradi singari iboralar bor. Keltirilgan so’z va iboralarning barchasi inson nutqining, inson nutqi kamolotining darajasini, umumiy jo’n nutqdan farqlanadigan nutq namunalarini ifoda qiladi. Hamma ham agar u nutqiy nuqson bilan tug’ilmasa gapiradi. Ammo hamma ham bir xilda gapga chechan, o’ta chiroyli gapiruvchi bo’lavermaydi. Nutqiy chechanlik - notiqlik alohida qobiliyatdir. Mumtoz ma’nodagi notiqlik - bu alohida farqulotda nutqiy san’atdir. Chinnakam notiqlar notiqlik mahoratiga tabiiy qobiliyat bilan bir qatorda o’z tili, nutqi ustida tinimsiz ishlash natijasida erishadilar. O’tmish va o’tmishga oid adabiyotlarda alohida nutqiy mahorat bo’lgan notiqlik ko’rinishlari odamlarning kundalik nutqidan, nutqiy faoliyatidan farqlanilgan. Chinnakam san’at, alohida qobiliyat ma’nosidagi notiqlik barcha kishilar uchun ham xos bo’lmagan. Har qanday nutq «notiqlik» namunasi (san’at sifatida) va uning egasi chin ma’noda «notiq» (san’atkor ma’nosida) degan gap emas. Notiqlik qadimiy davrdan beri alohida mahorat, san’at sifatida insondagi maxsus, noyob qobiliyat tarzida talqin etib kelinadi. Shu tufayli notiqlikni (ular orasidagi bog’liqlikni inkor etmagan holda) nutq madaniyatidan farqlash lozim. Har qanday og’zaki nutq shakli nutqiy mahorat ma’nosidagi notiqlik bo’lavermaydi. So’zlash madaniyati haqida gap yuritiluvchi va hatto lektorlar, targ’ibotchilar (bular orasida ham haqiqiy ma’nodagi notiqlar kam uchraydi) mo’ljallangan asarlar ham bizningcha «Notiqlik san’ati» nomi bilan atalavermaslik kerak. O’zbek tilshunosligi va san’atshunosligida notiqlik san’ati va uning o’tmishi etarli ishlangan emas. Shu tufayli o’tmish Sharq notiqligi bilan hozirgi ma’nodagi nutq madaniyati sohasi orasidagi ko’pgina o’xshash hamda farqli tomonlar biz uchun qorong’idir. Nutq madaniyati sohasi va uning maqsadini ommaga etkazishda o’tmish notiqligining ijobiy tomonlaridan keng foydalaning zarur. Ushbu notiqlikning ko’pgina ko’rsatmalari, qoidaviy holatlari, taniqli notiqlarning shaxsiy qobiliyat va faoliyatilari nutq madaniyatini tarbiyalashda yaxshigina namunaviy tashviqot quroli bo’lishi mumkin. Bu masala S.Inomxo’jaevning «O’tmish sharq notiqligi» kitobida yaxshi ko’rsatilgan. Ma’lumki, notiqlik san’atida tinglovchini, ommani o’ziga tortishga intilish maqsadi birinchi o’rinda turadi. Notiq nutqi chiroyli, jozibali bo’lishi shart. Chiroylilikka erishish uchun nutqning mazmuniga, mantiqiy kuchiga, jumlalar jimjimadorligiga katta e’tibor beriladi. Ushbu ma’noda mana bu satrlar ancha o’rinli aytilgan: «Notiqlik avvalo chiroyli gapirishdir. Ammo nutqning faqat chiroyli bo’lishi hali etarli emas, har qanday be’mani safsatalarni ham juda chiroyli qilib gapirish mumkin. Bu esa notiqlik emas, vaysaqilik sanaladi». G.O.Vinokur o’zining «Kultura yazika» asarida nutq madaniyatining notiqlik bilan bog’liq tomonlariga alohida tuxtaladi: «Notiqlik nutqi deganda men har qanday monologik og’zaki nutqni emas, balki tinglovchilarni ma’lum harakatga chorlovchi yoki ularda qandaydir g’oyalar, tasavvurlar tizimini uyg’otishga qaratilgan maxsus vazifa bajaruvchi nutqni tushunaman». Hozirgi kunda notiqlik tushunchasi va notiq atamasi alohida mahorat va san’at ma’nosida emas, balki jo’n, ommaviyroq ma’noda tushunilmoqda va qo’llanmoqda. Hozirda nutq so’zlagan har qanday shaxsni notiq deb yuritiladi. Natijada notiq atamasi o’z asl ma’nosidan uzoqlashdi va u rasmiy yoki norasmiy so’zga chiqqan har bir nutq egasini anglatadigan bo’ldi. Notiq va notiqlik tushunchalari doirasining bunday kengayishi, ommaviylashuvi notiqlik san’ati sohasi haqida yozilgan ilmiy ishlarda ham «notiqlik» va «notiqlik san’atini» oddiyroq va kengroq ma’noda tushuning va tushuntirishga olib keldi. Bunga ko’ra, notiqlik san’ati endilikda qandaydir nutqiy mahorat (noyob qobiliyat, san’at) emas, balki har qanday odam egallashi mumkin va lozim narsa sifatida talqin etiladi. Keltirilgan mulohazalardan keyin nutq madaniyati bilan notiqlik san’ati orasidagi munosabatni belgilash muayyan qiziqish uyg’otishi aniq. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati umumiy, o’xshash tomonlarga ega. Har ikkala soha til va nutq, inson nutqi bilan aloqadordir. Har ikkalasi kishilar nutqiy faoliyatining foydali, ta’sirchan, o’tkir bo’lishi uchun ko’rashadi, insonning nutqiy madaniyatini uning nutqiy hayotini ustirishga xizmat qiladi. Nutq madaniyati ham notiqlik ham nutqiy odob, nutqiy go’zallik, nutqiy mantiq qonuniyatlaridan oziklangan holda ish ko’radi. Ammo shunga qaramasdan bizningcha nutqiy san’at ma’nosidagi notiqlikni, ya’ni farqulodda nutqiy mahorat va qobiliyat bo’lgan notiqlikni ommaviy nutq (notiqlik) dan farqlash lozim. Ba’zi shaxslarda uchraydigan notiqlik san’ati og’zaki nutq sohasida shaxsiy qobiliyat va faoliyat tufayli erishiluvchi alohida san’atdir. Notiqlikda qobiliyat va mahoratning mehnat bilan qo’shilib ketganini ko’rish mumkin. Har bir xalqning o’tmish madaniy hayotida bu xalqdan etishib chiqqan va chin ma’noda notiq degan mo’tabar nomga sazovor bo’lgan shaxslarning unchalik ko’p emasligi ham aslida ana shu omil tufaylidir. Nutq madaniyati tushunchasi aynan notiqlik san’atining o’zi emas, ammo u notiqlik mahoratiga nisbatan olganda, qandaydir o’ta oddiy tushuniluvchi hodisa ham emas. Yuqorida aytilganlardan ma’lum bo’ladiki, nutq madaniyati va notiqlik tushunchalari orasida ba’zi o’xshashlik, umumiy tomonlar bor. Bu har ikkala sohaning maqsadida ish ko’rish qurolining umumiyligida ko’rinadi. Ammo shunga qaramasdan nutq madaniyati tushunchasi bilan notiqlik tushunchasi aynan bir narsa emas. Ular orasida ba’zi muhim farqli tomonlar, belgilar bor. Bular quyidagilardir: 1. Nutq madaniyati chinnakam ma’noda adabiy til bilan bog’liq hodisadir. Uning paydo bo’lishi, lisoniy asosi, talab va mezonlari adabiy til va uning me’yorlari bilan bog’liqtsir. Notiqlik san’ati uchun bular asosiy belgilar emas. Notiqlar orasida adabiy til talablariga to’la amal qilmaydiganlar, ma’lum lahja yoki shevada ham chinnakam notiqlik san’atini namoyish qiluvchilar uchraydi. So’zga chechanlik, notiqlik til materialining xarakteriga qarab emas, nutqning ta’sirchanligiga, nutqiy san’atga qarab belgilanadi. 2. Notiqlik - bu nutqning og’zaki shaklidir. Notiqlik san’ati - og’zaki nutq san’atidir. Nutq madaniyati esa nutqning ham og’zaki, ham yozma shakli uchun taalluqli tushunchadir. 3. Nutq madaniyati jamiyat a’zolarining umumiy nutqiy faoliyatini ko’zda tutadi. Nutq madaniyati sohasining maqsadi, orzusi barchaning, butun xalqning nutqini madaniylashtirishni mo’ljallaydi. Mumtoz ma’nodagi notiqlik esa alohida shaxslarning nutqiy mahoratini, san’atini ifodalaydi. Notiqlik, asosan, nutq vositasida kishilarga muayyan g’oya va maqsadlarni etkazishni, ularni ma’lum maqsadga safarbar qilishni ko’zda tutadi. Ya’ni notiqlik san’atida tinglovchilarni ma’lum maqsadga jalb qilish asosiy o’rin tutadi. 4. San’atkor notiq nutqi asosan ko’pchilik tinglovchiga keng auditoriyalarga mo’ljallangan bo’ladi. Notiqni birdan ortik shaxslar tinglaydi. Nutq madaniyati mana shunday tinglovchilardan tashqari kishilar orasida odatiy suhbatlarni, yakka kishiga qaratilgan nutqlarni o’z ichiga qamraydi. 5. Har bir kishi ona tilining imkoniyat va boyliklarini yaxshi egallagan, nutq madaniyati talablariga javob beradigan so’zamol shaxs bo’lishi mumkin. Ammo har bir shaxs ham san’atkor ma’nosidagi notiq bo’lmasligi, bo’la olmasligi mumkin. Lekin adabiy tildan foydalanuvchi har bir notiq nutq madaniyatidan xabardor bo’lishi shart. 6. Nutq madaniyati ko’pchilikni, keng xalq ommasini ko’zda to’tib ish ko’ruvchi sohadir. Bu ma’noda nutq madaniyati keng omma uchun mo’ljallangan talabdir, ammo notiqlik - bu avvalo qobiliyat, shaxsiy qobiliyatdir. Alohida san’atkorlik ma’nosidagi notiqlik nutqiy san’atni, nutqiy go’zallikni hisobga oladi. Nutq madaniyati esa kishilarning barchasini san’atkor notiq qilishni ko’zda tutmaydi. U, asosan, ona tilida yoki o’zga bir tilda to’g’ri, madaniy gapira olish va yoza olish faoliyatini tarbiyalashni maqsad qilib oladi. 7. Nutq madaniyati - bu faqat nutq haqidagi nutqiy faoliyatga tegishli tushuncha va soha emas, u til madaniyati bilan ham, ya’ni adabiy tilni va uning me’yorlarini o’rganing va bu me’yorlarni qayta ishlash ishi bilan shug’ullanadi. Notiqlik san’ati esa bunday ilmiy - me’yoriy faoliyatni ko’zda tutmaydi. 8. Notiqlik, ko’proq nutqning mazmuniga mantiqiy asoslariga, mundarijaviy tuzilishiga e’tibor qiladi, nutq madaniyati sohasi esa ko’proq nutqning til qurilishi - lisoniy tuzilishiga e’tibor qiladi. 9. Notiqlik, asosan, aniq bir shaxs - notiq yoki guruhlar -notiqlar nutqi haqida qayg’uradi. Bunda u notiqni tinglayottanlar, ya’ni keng ma’noda tinglovchilar ommasi nutqini ham ko’zda tutmaydi. Nutq madaniyati esa, bundan farqli ravishda umuman kishilarning nutqiy faoliyatini, nutq madaniyatini ko’zda tutadi. Shu sababli nutq madaniyati maqsadiga ko’ra va nutqiy faoliyati nuqtai nazaridan keng maqsadli soha notiqlik esa tor sohasidir. 10. Notiqlik san’ati notiq uchun oldindan qanday so’zlash sxemasi va rejasini bermaydi va bu tip nutq doimo ham oldindan tayyorlangan, tayyorgarlik qurilgan nutq emas, nutq madaniyati sohasi esa jamiyat a’zolarini ona tili, ya’ni adabiy til boyliklari va vositalaridan maqsadga muvofiq sharoit va uslub taqozosi talabiga ko’ra o’rinli foydalana olish ko’nikmasini beradi. Bunday ko’nikma aslida har qanday san’atkor notiq uchun ham zarur. 11. Notiqlik va notiqlik san’ati haqidagi fan ancha qadimiy tarixga ega, nutq madaniyati ilmiy muammo va ilmiy soha sifatida hali yosh va yangidir. 1. O’rta Osiyo xalqlar, jumladan o’zbek xalqi ham qadimdan so’zga chechan, badiiy didli kishilarni qadrlab kelganlar. O’sha davrda Ifodali o’qish voizlik, notiqlar rvoiz, nutq esa va’z deb atalgan. O’rta Osiyo xalqlari, xususan IX-XV asrlarda Dune madanyati taraqqiyotining eng oldingi, etakchi saflarida turish darajasiga ko’tarila oldi. O’rta asr Fani, madaniyati Xorazmiy, Farg’oniy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Qoshg’ariy, Jomiy, Navoiy kabi ulug’ siymolarning nomlari bilan xarakterlanadi. Bu mutafakkir, shoir, san’atkorlar yashagan davr Sharq tarixida Uyg’onish davri deb ataladi. Bu davrda madaniyat, san’at, ilm-fan ravnaq topdi. Fan va madaniyat targ’ibotchilari-voizlar etishib chiqdi. Voizlikni qadrlovchi fikrlar vujudga keldi. O’rta asr sharqining mashhur va buyuk mutafakkiri, tabobat bilimining asoschilari biri Ar-Roziyning (IX asrning oxiri X asrning boshlarida yashab o’tgan): “Shoirlarning she’rlari, va’zxonlarning va’zi Qur’onga qaraganda ma’noliroq va mantiiqiyroqdir" -degan so’zlaridan o’sha davrda xalqlarning din ahllariga, targ’ibotchilariga nisbatan va’zxonlarni-voizlarni qanchalik yuqori qo’yganligini va llarni hurmat qilganligini qo’ramiz. 2. O’rta Osiyoninggina emas, balki Yaqin va O’rta Sharqning mashhur mutafakkiri Abu Nosir Farobiy ham IX-X asrlarda-iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar uchragan bir davrda yashab ijod etdi. U ilmning turli sohalarini mukammal bilgan va ular haqida mustaqil fikrlar bayon qilgan buyuk insondir. Nutq va aql tarbiyasiga bid tillar to’g’risida Farobiy shunday yozadi: "Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim llish, fikrni qanday ifodlash, bayon etish, qanday so’rash va qanday javob berish hasalasi, jismlarga, ya’ni substantsiya va aktsidentsiyalarga ism beruvchi til feqidagi ilmlar deb tasdiqlayman. Ikkinchi ilm grammatikadir: u jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda substantsiya va aktsiyadentsiyaning joylashishini va bunda chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so’zlarni va nutqni qanday tuzishni o’rgatadi. Uchinchi ilm mantiq (logika)dir: ma’lum xulosalar keltirib chiqarish uchun logik figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o’rgatadi, bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarimizni bilib olamiz hamda nima to’g’ri va nima yolg’on ekanligi haqida hukm chiqaramiz". Farobining aytishicha, mantiq shunday bir san’atki, kishi notiqlikdan adashib oladigan bo’lsa, to’g’ri llkrlashga olib keluvchi va aql yordamida biror xulosa chiqariladigan bo’lsa, xatolarning oldini oluvchi narsalarni o’z ichiga oladi. Uning aqlga munosabati grammatika san’atining tilga munosabati kabidir. Nutq va ifodali o’qishda logika va gramatikaning rol berilgan bunday baho nazariy jihatdan katta qimmatga ega bo’lib, Ifodaii o’qish taraqqiyotida muhim rol’ o’ynagan. Farobiy axloqiy kishilaming o’n ikki muhim sifatini ko’rsatadi ana shundan beshinchisi sifatida tilga olingan notiqlik haqida gapirib: so’zlari aniq bo’lsin, fikrini va aytmoqchi bo’lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin" -deydi. Farobiyni chiroyli, tartibli, ta’sirchan qilib so’zlash masalalari haqiagi ba’zi mulohazalari ritorika, poetikaga oid asarlarida uchraydi. Farobiyning esa, manbalarda zikr etilishicha, shirin so’z, hozirjavob, har qanday qiyin masalani ham bir zumda hal etib beruvchi faylasuf-notiq bo’lgan. Falsafa fanlari doktori M.Hayrullaevning ta’kidlashicha, Farobiy qadimgi grek falsafasi va ilmi bilan juda ko’p shug’ulangan va grek olimlarining, xususan, Arestotelning asarlariga mukammal sharhlar yozgan. Qadimgi Gretsiyada boshqa fanlar bilan birga ritorika- ifodaii o’qish haqidagi fan ham yuksak taraqqiy etgan edi. O’z-o’zidan ma’lum bo’ladiki, Farobiyning bu sohaga ham qarashli fikrlari sharhlari mavjud bo’lib uni o’rganib chiqish problematik masaladir. 3. O’rta asr Sharqining buyuk allomalari orasida mashhur tabib, falsasuf, shoir Abu Ali Ibn Sino (980-1037) alohida o’rin tutadi. Uning turli sohalar bilan birgata’lim-tarbiya,axloq va nutq haqida ham fikrlari mavjudki, ularni o’rganib chiqish Ifodaii o’qish tarixi sahifalarini yana bir boyitgan bo’lardi, Ibn Sino yaxshi tarbiyachi, notiqni yaxshi do’st sifatida tilga oladi va do’stlik uch turga bo’ladi: 1) har qanday vaqtda, qiyinchiliklarga qaramay, o’z o’rtog’ini xavfda qoldirmaydigan chin do’st; manfaatlarning umumiyligiga va g’oyaviy yaqinlikka asoslangan do’stlik; o’zining egistik ehtiyoji va manfaatini qondirishga asoslangan do’stlik. Bulardan birinchisi va ikkinchisi haqiqiy bo’Iishi mumkin deb hisoblaydi. Yaxshi do’st qaysi yo’l bilan axloqiy kamchiliklarni tuzatishda boshqalarga yordam berishi mumkinligi masalasiga Ibn Sino alohida e’tibor beradi va notiq qo’yidagilarga amal qilishi lozim deb biladi. Nasihat (nutq-B.O. va A.S.) qo’pol ohangda berilishi kerak emas; Suhbatdoshning ilm darajasini hisobga olish zarur; Nasihatga (va’zxonlikka) ko’p berilmaslik kerak, uni o’rtoqlik suhbati tarzida olib borish kerak; Nasihatni muloyim ohangda, yolg’iz olib borish kerak; Agar ta’na qilmoqchi bo’lsang, boshqalarga kamchiligi bilan qiyoslab ta’na qil; 6. Agar o’z e’tiqodingni aytmoqchi bo’lsang, faqat bir faktga tayanma, balki ko’p masalalar bilan isbotla, suhbatdoshingni bum yuragiga yaqin olishga, shu narsa haqida o’ylashga va haqiqatni izlashga ishontir. 7.Agar suhbatdoshing sening gaplaringga e’tibor bilan quloq solayotgan bo’lsa, suhbatni oxirigacha davom ettir va hech nimani sir saqlama, lekin uning e’tiborisizligini sezsang, gapni boshqa mavzuga burma. Ibn Sino suhbat o’tkazishdan ilgari, suhbat o’tkazuvchi kishining o’z suhbati qaratilgan predmetning, shaxs faoliyatini chuqur, har tomonlama o’rganishi, biror kamchilikni ham chetlab o’tmasligi lozimligini, shundagina o’tkaziladigan suhbatning tarbiyaviy ahamiyati katta bo’lishini aytadi. "Agar biror kamchilik e’tibordan chetda qolsa,-deydi u, -butun mehnat zoe ketadi va istalgan natijaga olib kelmaydi". Suhbat mavzuida e’tibordan chetda qoldirilgan, lekin aytish lozim bo’lgan kamchiliklarni Ibn Sino "sirti tuzalgan, lekin ichida yiringlab ketgan yara"ga o’xshatadi. "Vaqti bilan yiringga o’xshab kamchilik kuchga kiradi va o’zining yaramas va bema’no qiyofasini ko’rsatadi ",-deydi. Ibn Sinoning fikricha, ayniqsa hukmdorlar ana shunday suhbatlarga tortilishi lozim. Odamlar hukmdorlardan qo’rqishi tufayli,-deydi Ibn Sino,-ularning kamchiligi ko’rsatilmaydi. Buning natijasida ular o’z qilmishlarini idial deb hisoblaydi va xulqlari buzila boshlaydi, bu hoi davlat ishiga yomon ta’sir qiladi". Bunday paytda qo’rqmasdan xatolarni ko’rsatish davlatnng mustahkamlanishida katta ahaiyatga ega ekanligini uqtirdi. Bu Ibn Sinoning notiqlikda demokratiya bo’lishini juda ham yoqtirganligini, o’z davrida bunday demokratiyaning yo’qligiga qarshi e’tirozini ko’rsatadi. Ibn Sino ifodali o’qishda hamma narsani ochib tashlash haqidagi bu ko’rsatmasi o’z davrida-tengsizlik hukm surgan bir davrda katta jasorat bo’lib muhim ahamiyatga ega edi. Uning qimmati, notiqlikni o’z-o’zini tanqid asosida olib borishga yo’l ochilgan hozirgi davrda ham kattadir. 4. Kaykovusning XI asr shar-q pedagogikasi tarixida g’oyat qimmatli asarlar qatorida turuvchi "Qobusnoma"sida ham notiqlik sharhlari uchun alohida bob ajratilganligi bu san’atga ba’Igan, uning san’atkoriga bo’lgan qiziqishning orta borganligini ko’rsatadi. "Qobusnoma"ning "suhandonlik bilan baland martabaga ega bo’lish haqida" deb nomlangan ettinchi bobida va hunarni egallashga bag’ishlangan oltinchi bobida notiqlik sirlariga doir ayrim to’g’ri mulohazalar bildiriladiki, bu o’sha davrda katta ahamiyatga ega bo’lgan va hozirda ham uning foydali tomonlari ko’zga tashlanadi. "Qobusnoma" avtori hamma hunarlar ichida so’z hunari-notiqlikni a’lo deb jbiladi: "Bilgilki hamma hunardan so’z hunari yaxshi"5. Shu tufayli, "Kishi suhandon va notiq bo’Iishi lozim"-deb ko’rsatadi. Avtor notiqlikni egallashnin yo’Ii, birinchidan, tinimsiz mehnat o’rganishdir. Ikkinchidan, nutqing go’zal bo’Isin-deydi. "So’zning ikki tomoni bordir: biri go’zal tomoni, ikkinchisi hunuk tomonidir. Xalq oldida gapiradigan szing go’zal bo’lsin, bu so’zni xalq qabul qilsin".Uchinchidan, har bir fikrni ifodalashda tinglovchi qalbiga to’g’ri yo’I topa bilish, Ishaklga e’tibor berish masalasi. "Ya’ni bir so’zni bir ibora bilan aytsa eshitgan kishining ko’ngli parishon bo’ladi, shu so’zni boshqa bir ibora bilan aytsa, eshitgan kishining ko’ngli bahra oladi". Avtor o’z fikrini isbotlash uchun qo’yidagi hikoyatni keltiradi: "Shunday deb eshitdimki, bir kecha Xorun-ar Rashid bir tush ko’rdi, ya’ni log’zidagi hamma tishlari to’kilib tushgan emish. Ertalab turib, bir ta’birchini chaqirib so’radiki, bu tush ta’biri nimadir. Ta’birchi dedi: "Ey amiralmo"min, sening Buzuringda barcha qarindosh-urug’laring o’ladi, sendan boshqa hech kim qolmaydi". Xorun-ar Rashid dedi: "Mening yuzimga shunday dard-anduh bilan to’lgan so’zni aytasan-mi? Agar mening hamma qarindoshlarim o’lsalar men nima ish jqilaman va qanday qilib kun kechiraman?"-deb ta’birchini yuz tayoq urishga buyurdi. So’ngra boshqa bir ta’birchini chaqirdi va tushining ta’birini so’radi. Ta’birchi dedi: "Ey, amiralmo"minin, sening umring barcha qarindoshlaringning umridan uchun bo’Iadi". Xorun-ar Rashid dedi: "Barcha aqlning yo’li birdir va ikkovining ta’biri bir erdan chiqadi. Ammo, yuqoridagi ta’birchining iborasi bilan keyingi ta’birchining iborasida farq kattadir" va keyingi ta’birchiga 100 tillo berishni buyurdi " Bu erda albatta tushning ta’biriga ishonsh avtorning diniy qarashdan chetga chiqa olmaganligini ko’rsatsa-da, fikrning to’g’ri va ta’sirchan ifodalanishi katta phamiyatga egadir. To’rtinchidan, har bir so’z to’g’ri va asosli bo’lmog’i lozimligi uqtiriladi. Beshinchidan, har bir nutq ma’lum ilmiy asosga ega bo’lsagina, ta’sirchan bo’Iadi, Ya’ni nutq qaratilgan predmetni yaxshi o’rganib chiqish lozimligini uqtirib: Bilmagan ilmdan gapirmagil... Bilmagan ilm ma’rifatni bilaman deb, da’va qlsang hech narsa hosil bo’Imaydi va behuda zahmat chekasan",-deydi. Oltinchidan, "Ilgari o’ylash (albatta nutqni-) bir nav karomatdir. fa’ni tayyorgarliksiz nutq bo’sh chiqadi. Ettinchidan, kamtarlikni ulug’lab: "Har qancha donno bo’lsang ham, o’zingni nodon bilgil, toki senga ilm o’rganish eshigi ochiq bo’lg’ay",-deydi. Sakkizinchidan, tinglovchining xarakteriga qarab ish tutish lozimligini o’qtirdi.: "Amaldorlar bilan amaldordek, .oddiy odamlar bilan oddiy odamlardek so’zlashgil, ({bunday vaqtlarda ham) donishmandlik chegarasidan chiqma, sening so’zing feshitgan kishiga og’ir tuyulmasin, (agar shunday bo’Imasa) sening so’zingni hujjat va dalil bilan ham eshitmaydiiar". To’qqizinchidan, nutqda qisqalik, aniqlik bo’lishi kerakligini aytadi. "Ko’p bil-u, bzso’zla... Shunday so’zlagilki, bu so’z... bekor va zoe ketinasin". O’ninchidan, "So’z eshitishdan qochma, kishi so’z eshitish bilan notiq bo’ladi", "Odamlar orasida o’zingni odamlardek tut, insonga insondek munosabatda bo’l", -meb ta’kidlaydi. Nutqni egalashdan maqsad xalq diliga yo’l topa bilishdir, deb biladi avtor va lagar kngiliarga sevimli bo’lishni istasang, xaloyiqning maqsadini so’zla".-deydi. Umuman, "Qobusnoma"da notiq bo’lish fazilatlari va yo’llar haqidagi nasihatlar bheklangan bo’lishiga qaramay, hozirgi kunda agitator, tashviqotchi va notiqlarning p’z faoliyatlarin yo’Iga qo’yishlarida muhim ahamiyatga ega bo’lgan tomonlari bor. 5. Umuman, musulmon sharqi madaniyatining salmog’i zarvaraqlarini tashkil etuvchi ifodali o’qish tarixiga oid talaygina manbalar bor bo’lsa-da, ulardan hech bin Alisher Navoiy qoldirgan meros kabi qimmatli va boy emas. Alisher Navoiy o’z davrining buyuk mutafakkiri, so’z ustasi bo’lish bilan birga kishilarga yaxshi so’z bilan ta’sir eta bilish san’atini juda ham qadrlovchi, ulug’lovchi, bunday san’at ustalariga e’tibor qilib, ehtirom ko’rsatuvchi bir shaxs edi. "Haq yo’Iida kim sanga bir harf o’qitmish ranj ila, Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila" deb har bir kishini o’zining bilimli bo’lib etishishiga sababchi bo’lgan ustozini e’zozlashga da’vat etgan Alisher Navoiy omma o’rtasida yaxshi nutqning ta’siri va tarbiyasini ham chuqur his etadi. Navoiy notiqlikdagi yaxshi va yomon tomonlarni ko’ra bilish va ularni farqlay olishga chaqiradi: to’tiyu shoriy agar notiqdurur, Har biriga o’zga bir mantiiqdurur. Alisher Navoiy ifodali o’qishning buyuk qudratiga alohida e’tibor beradi. A.Navoiy "Mahbubul-qulub" nomli falsafiy asarining 24-faslini "Nasihat ahli va voizlar zikrida" deb ataydi va bunda voizlik san’atiga, va’zga, voiizga o’z munosabatini bildiradi. A.Navoiyning voizlik san’ati haqidagi fikrlari diniy qarashlardan xalos bo’lmagan bo’lsa-da, bu san’atning xarakterli yana muhim itomonlarini e’tirof etadi. Navoiyning fikricha, voiz qo’yidagi hususiyatlarga ega bo’lishi lozim: Voizning so’zlari ta’sirchan va foydali bo’lmog’i lozim. Voiz kerakki, "qolaloh" so’z aytsa. Nutq tinglovchi uchun yangilik bilimlar va o’zgarishlar xabarchisi bo’lmog’i lozim. "Va’z bir murshid va ogoh ishidur va aning nasihatin qabul etgan maqbul kishidur". Notiqning o’zi biror sohani egallagan bo’lishi va undan so’ng va’z orqali boshqalarga ta’sir etishi lozim. Avval bir yo’lni bormoq kerak, Andin so’ng elni boshqarmoq kerak". Notiq olim va bilimdon har nasadan habardor kishidir. "Voizkim, bo’lg’ay olim va muttaqiy-aning nasihatidin chiqqan shaqiy". Notiqning so’zi bilan ishi bir bo’lmog’i lozim. Aks holda nutqning ta’siri bo’lmaydi. "Ulki buyurib o’zi qilmag’ay, hech kimga foyda va asar anng so’zi lilmag’ay". Alisher Navoiy notiqlikda qisqalik va ravshanlikni yoqtiradi. Bu jihatdan uning Mahbubul qulub" idagi 60 tanbehi o’rinlidir. "Chin so’z mo"tabar, yaxshi so’z ixtasar. Ko’p deguvchi mumil, muqarra deguvchi loya’qil" (ya’ni: Chin so’z e’tiborli, yaxshi so’z qisqa bo’ladi. Ko’p so’zlovchi zeriktiruvchi, qayta gapiradigan-aqldan ozgan),-deydi. Tuturuqsiz gap bilan kishilarning g’ashiga teguvchilarni aqli last, nosog’lom kishilardir deb baholaydi: "Ulkim, dimog’ida habt-so’zida yo’q rabt odamning dimog’ida illat bo’lsa, so’zida bog’lanish yo’q). Dimog’i sahih-g’uftori fasih ilmiya sog’lom bo’lsa, gap-so’z ham yoqimli va xatosiz bo’lur). So’zi hisobsiz-o’zi behisobsiz (boshvoqsiz). So’zida parishonliq, o’zida pushaymonliq" Navoiy so’zning hashamdorligidan ko’ra, haqqoniyligini ulug’laydi. Fikrning kalq uchun foydali va tushunarli bo’lsin desang, sodda tilda gapir, deydi: "so’zki fasohat zevaridin muzayyan emasdir, anga chinlik zevari basdur. Yolg’onchi har necha so’zida fasihroq so’zi qabihroq. Chin so’z nechakim betakalluf, qoyilg’i iborat soddalig’idin yo’q taassuf. Alisher yaxshi so’zli, el uchun foydali notiqlarga yon bosadi. Ularning xizmatini masjid imomlarining qilayotgan ishlaridan yuqori qo’yadi. Shu tufayli ular uchun imomlarga nisbatan ancha ko’p mablag’ ajratishni tavsif etadi: "Voizga yillik naqdi besh yuz oltun, bug’doy o’n yuk. Imomg’a masjidi jeme’da xatib bo’lib maktabdag’i bolg’ay, yillik naqdi ikki yuz oltun, bug’doy o’n yuk" Alisher Navoiy o’sha vaqtda voizlik san’atida nom qozongan - Xoja Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy, Mavlonov Husayn Voz Qoshifiy, Mavlono Muin Voizlapr haqida o’zining "Majolisun nafois" nomli tazkirasida fikr bildirgan. Alisher Navoiy qadrlagan voizlardan biri -Xoja Muayyad Mehnagiy (mashhurgina emas, balki notiq donishmanj, yuksak bilim egasi, mavjud bilimlarni o’rganib qolmasdan, ularni takomillashtirgan, to’ldirgan. U mozorda shayxlik qilsa-da, o’zini xalqqa juda yaqin tutgan va o’z bilimini o’larga berishga intilgan. Uning va’z majolisi bag’oyat garm va pursho’r voqe’ bo’lur erdi". O’sha davrning mashhur notiqlaridan biri Mavlono Riyoziyning notiqlik faoliyatida nutqni harakat bilan, mimika bilan qo’shib olib borish uchtun bo’lgan. U o’z nutqini aktyorlar kabi ijro etgan. Navoiyning yozishicha: "Va’z aytib minbarda ko’z ash’orin o’qur, yig’lab vajdi hol qilur". Ko’rinadiki, Riyoziy nutq so’zlaganda, uning ta’sirchanligi ta’minlashda, ijrochilikni birinchi o’ringa qo’yadi. Kerak bo’lganda, o’z nutqini kishilar qalbiga yaqin olib, ular bilan birdamlikni, qayg’usiga, iztirobiga sheriklikni bildirish maqsadida yig’lashgacha borib etadiki,bu nutq ijrochiligidagi ulkan qobiliyatdandalolat beradi. Mavlono Riyoziyning xalqqa yaqinligini, nutqning ta’sirchan va notsionalligini ta’minlashda, uning ijtimoiy kelib chiqishi va ahvoli ham muhim rol’ o’ynaganligi ko’zga tashlanadi. Riyoziy avval Zova viloyatida qozi bo’ladi. Navoiyning fikricha, u o’rinsiz xatti-harakatlari uchun qozilikdan bo’shatiladi va piyrug’i bilan kishanga solinib, badarg’a qilinadi. Lekin, Navoiy uning qanday gunoh bilan badarg’a qilinganligini ochiq aytmaydi. Cheksiz musibat, zaxmatlar, paqirona hayot uning o’z davriga nisbatan noroziligini kuchaytirda va bu, albatta, uing voizlik faoliyatida ham aks etgan bo’lib, uning nutqlari mehnatkashlar orasida zo’r e’tibor qozongan. Alisher Navoiy tomonidan hurmat va ehtirom bilan notiqlardan yana biri isayn Voiz Koshifiydir. U sabzavorlik bo’lib, tug’ilgan yili noma’lum, 1604-1605 yillarda vafot etgan. Husayn Voiz Koshifiy voiz sifatida o’sha davrda eng mashhur shilardan bo’lishi bilan birga, o’z davrining zabardast olimi, astronomii, shoiri Leron olimi Said Nafisiy Koshifiyning 40ta asari borligini aytadi. Navoiyning tirof qilishicha, Husayn Voizning "Oz fan bo’lg’aykim, daxli |o’lmag’ay, xususan, va’z, insho (nasriy she’r usulida yoziladigan xat) va nujumki siyasatshunoslik, astronomiya), aning haqqidur va har qaysisida mutaayyin (ko’zga (ko’rinarli) va mashhur ishlri bor..." Uning nutqlari jo’shqin va extirosli lo’lganligidan kishilarni ko’plab jalb etar edi. Husayn Voiz nutqlarining ta’sirchanligi, jozibadorligi haqida eslab, uning o’g’li laxriddin Ali Safiy "Latoyifut tavoyif’ nomli asarida shunday voqkani keltiradi: "Kunlarning birida ahli majlisga Mavlono Sayid G’iysiddin degan mashhur so’z ustasi ancha kechikib kelgan. Shu majlisda Abdurahmon Jomiy ham bor ekan. Sayid G’iyosiddin kirib kelishi bilan Jomiy undan so’rabdi: —Nechuk kechikdingiz, Mavlono G’iyosiddin? —Meni ma’zur tuting, ustod, debdi G’iyosiddin,—kelayotgan edim, masjidi jome’da Husayn Voiz nutq so’zlayotgan ekan,shunga mahliyo bo’lib qolibman". Ko’rinadiki, Husayn Voiz Koshifiyning nutqlari o’zining jozibadorligi bilan har qanday kishini jalb qila olgan. Aytishlaricha, Lining bunday so’z san’atidagi Imahoratini Alisher Navoiy bilan birga Sulton Husayn Boyqaro ham yuksak baholagan va ular o’z asarlvrini aholi o’rtasida rasmiy ijro etish lozim bo’lgan paytlarda, bu ishga Husayn Voizni munosib ko’rganlar. 898(1492) yil 8 noyabr kuni buyuk shoir, Navoiyning ustodi Abduraxmon Jomiyning dafn marosimida Alisher Nnavoiy o’zining bag’ishlov she’rini o’qib eshittirishni, shu marosimda va’z aytgan Husayn Voizga topshirganligi buning dalilidir. Ma’lum bo’lishicha Husayn Voiz o’ziga shogirdlar ham tayyorlagan. Bulardan biri uning o’z o’g’li Fahriddin Alidir. Fahriddin Ali otasi kabi o’tkir, jo’shqin notiq bo’lib etishish bilan birga, turli bilimlarni egallagan bilmdon, shoir ham bo’lgan. Husayn Voiz Koshifiy notiq sifatida shunday e’tiborli bo’lganki, Xondamirning yozishicha, u aniq jadval bilan ishlashga majbur bo’lgan. Husayn Voiz Koshifiyning nutqlari mazmundorligi, ta’sirchanligi, o’ziga jalb etish. quvvatini mujassam etganligi uning texnikasini o’rganish hozirgi davr notiqligi lichun ham xarakterlidir. Lekin o’z davri hukmron ideologiyasi nuqtai nazarida turganligi, o’z davri qobig’idan chiqa olmaganligi, uning nutqlari din targ’ibotchisi sifatida reaktsion rol’ o’ynaganligini ham ko’rsatadi. Alisher Navoiy davridagi mashhur notiqlardan biri Mavlono Muin Voizdir. U haqda Navoiy: "Holo o’zi dag’i azim voizdurur va muridlari ko’p",-deb yozadi. Ko’rinadiki, Muin Voiz notiqqina bo’lib qolmay, o’zining notiqlik maktabiga, sliogirlariga ham ega bo’lgan. Uning nutq. ijrochilik mahoratini tahlil etib, A.Navoiy: "Minbar ustida devonavor ilk tashlamog’i va taxtani tepmagi ko’pdur va o’zin "Muin devona" bilan ta’bir qilur va ko’p baland va past so’zlar aytur. Chin inung’a mu’tarif har nav so’z aytsa mazurdur..."-deb yozadi. Bundan anglashiladiki", Muin Voiz nutqning ijrochilik tomoniga alohida e’tibor qilgan va butun xatti-harakatlarini, mimikasini ishga sola bilganki, garchi u o’zini fMuin devona" deb e’lon qilgan bo’lsa-da, uning "devona sifat" gaplari xalq diliga yaqin bo’lganligidan yig’ilganlarga manzur bo’lgan. U har qanday mansabdan voizlikni a’lo bilgan va o’z akasi Mavlono Nizomiddin unga Hirot shahri qoziligini ikki marta tavsiya etsa-da, uni rad etgan. Shu tufayli, uning akasi: "Muini mo qobiliyati bis’yor dosht, fayli, uning zinopoyai cho’bin o’ro zoe’ soxt" (Muinimizning qobiliyati ko’p edi, uni bu yog’och zinapoya (minbar) ishdan chiqardi) deganligini Navoiy qayd etadi. Alisher Navoiy yashab, ijod etgan davrda, undan igariroq ham notiqlik yuksak darajada qadrlangan bo’lsada, o’sha davr notiqlarining nutq tekstlaridan namunalar bizgacha etib kelgan emas. Voizlik san’ati keyinchalik ham an’anaviy suratda taraqqiy etib, rivojlanib bordi. Masalan, Muqimiy o’zining "Sayohatnoma" asarida: "Bir ma’raka ko’rdim butun, Jami’i yopingan boshga to’n, Boqsamki, besh yuzcha xotun, Voiz so’zin tinglar ekan", deb yozganligi buning yaqqol dalilidir. O’zbek xalqi o’zining boshqa yuksak madaniy meroslari qatori, Ifodali o’qish an’analariga ham egaki, uni chuqur tekshirish ushbu soha tadqiqotchilari va mxlislarining navbatdagi vazifalari bo’lmog’i lozim. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling