Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

II. P.I.Tretyakov
74
ning “Yaqin va faol rivojlantiruvchi hududni tashxislash” 
nomli metodikasi o‘quvchilarga ta’lim berishning istiqbollarini aniqlash maqsadini 
ko‘zlaydi. Metodikani qo‘llash jarayonida o‘qituvchi quyidagi harakatlarni 
bajaradi: 
1. 7-8 daqiqa ichida bajarish imkoniyatini ta’minlovchi unchalik katta hajmga 
ega bo‘lmagan o‘quv materialini tanlaydi. 
2. O‘quvchilar tomonidan yangi axborot, ma’lumotlarni qabul qilishga 
yordam beruvchi namunani ko‘rsatadi. 
3. O‘quvchilarning yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun mustaqil ravishda 
takror-takror mashq qilishlariga imkoniyat yaratadi. 
4. O‘quvchilar tomonidan o‘z-o‘zini tekshirishga imkon beradigan mustaqil 
ishlarni o‘tkazadi. 
Mustaqil ishni bajarish uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. Agarda o‘quvchilar bu 
muddatda topshiriqni bajarmasa, u holda o‘qituvchi marta yangi material 
mazmunini yana bir marta tushuntiradi. O‘quvchilarga bir shart bilan mustaqil 
ishni yakunlash uchun imkoniyat beriladi. Bu shart mazmuni shundan iboratki
o‘quvchilarga berilayotgan imkoniyat o‘z-o‘zini nazorat xarakteriga ega bo‘lishi 
kerak.
Topshiriqlarni hal qilish natijasi quyidagi jadvalda o‘z ifodasini topishi lozim: 
O‘quvchilarning 
ismi, familiyasi 
Nazorat vaqtida
xatosiz bajarilgan 
Xatosiz 
bajarilgan 
Xatolar 
mavjud 
FRH va 
YaRH bo‘yicha 
xulosa 
... 
 
Eslatma: FRH – faol rivojlantirish hududi; 
YaRH – yaqin rivojlantirish hududi. 
Faol rivojlanish hududi (FRH) o‘quvchi tomonidan muayyan mavzu bo‘yicha 
zarur BKMni puxta o‘zlashtirilganligini, yaqin rivojlanish hududi (YaRH) jsa 
o‘quvchi tomonidan tegishli mavzu yuzasidan BKMning minimal darajasi 
yetarlicha o‘zlashtirilmaganligini ifodalaydi. O‘quvchi faoliyati tashxisining 
qanday ko‘rsatkichga egaligi unga mavzuni qayta tushuntirish zarur yoki zarur 
emasligidan dalolat beradi.
74
Пудочкина Т.С. Педагогическая диагностика: инструментарий, организация, проведение, 
обработка и использование результатов // www/openclass/ru/node/249066.


88
Agarda o‘quvchi topshiriqni qiyinchiliksiz bajarsa, u holda u faol rivojlanish 
hududi (FRH)dan, bordi-yu, topshiriqni bajarish jarayonida qiyinchiliklarni his 
qilsa, u holda yaqin rivojlanish hududi (YaRH)dan o‘rin 
oladi.
Zaruriyat yuzaga kelsa, o‘rganilgan mavzu bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarni 
rivojlantirish uchun qo‘shimcha mashg‘ulot tashkil etiladi.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling