91
2-bosqich. Ochilgan sahifaning raqamiga e’tibor qaratmay, ko‘rsatkich
barmoq ixtiyoriy so‘zning ustiga qo‘yiladi, aniqlangan so‘z qog‘ozga qayd etiladi.
3-bosqich. Bu harakat
yana bir bor qayta takrorlanib, yana bir so‘z
aniqlanadi.
4-bosqich. Aniqlangan har ikki so‘z o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik topiladi va
u asosida orginal hikoya to‘qiladi.
3. “Oltita rangli qalpoqcha” metodi. Ushbu metod Edvard de Bono
tomonidan taklif etilgan. Metod xayolan turli rangdagi
oltita qalpoqchani kiyish
yordamida ijodiy jarayonni tartibga solishga imkon beradi.
Turli rangdagi
qalpoqchalar shaxs tomonidan quyidagi harakatlarning tashkil etilishini ifodalaydi:
1) oq qalpoqcha – raqamlar va dalillar tahlil qilinadi;
2) qora qalpoqcha – tegishli masala bo‘yicha faqat salbiy fikrni bildirish;
3) sariq qalpoqcha – muammoning ijobiy tomonlarini izlash;
4) yashil qalpoqcha – yangi g‘oyalarni
ishlab chiqish, ilgari surish;
5) qizil qalpoqcha – muammo yuzasidan o‘zining hissiy kechinmalarini bayon
qilish;
6) yashil qalpoqcha – natijalarni umumlashtirish
81
.
Do'stlaringiz bilan baham: