Tekshirish (yoki tekshiruvdan o‘tkazish) – tadqiqot ob’ekti bo‘lgan
shaxs yoki jarayonga oid dalillarning tashxis ma’lumotlari bilan o‘zaro
solishtirish va ularning tasdiqlanishini ta’minlovchi jarayon.
Metod (qad. yun. “μέθοδος”– yo‘l, usul; yun. “methodos” – tadqiqot
yo‘li, usuli) – muayyan maqsadga erishish uchun ma’lum yo‘lni, tartib
yoki tizimga solingan faoliyat usulini tanlash
16
. Mazkur tushuncha
turlicha talqin qilinadi. Jumladan, 1) faoliyat usuli; 2) qandaydir
faoliyat usullarining majmui; 3) harakat usuli yoki ko‘rinishi; 4) harakat
tizimi; 5) ta’sir ko‘rsatish yo‘li; 6) maqsadga erishish uchun tashkil
etilayotgan harakat.
Tashxislovchi metodlar – olingan natijalar asosida psixologik hamda
pedagogik jarayonning mohiyatini, muayyan shaxsga yoki shaxslar
guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ning o‘ziga xos xususiyatlarni
ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘lchash, ularni o‘zaro solishtirish va
tasdiqlashga xizmat qiladigan metodlar. Odatda, tashxis metodlari
16
Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова.
– Наманган: НамДУ, 2014. – 130-б.
12
sifatida anketa, suhbat, test, intervyu, pedagogik kuzatish, ekspert
baholash, natijalarni matematik qayta ishlash (matematik-statistik
metod) kabilar qo‘llaniladi.
Tashxislovchi metodika – ma’lum me’yorlarga tayangan holda
muayyan shaxs, shaxslar guruhi ( o‘quvchilar sinfi) yoki o‘rganilayotgan
jarayonga xos qandaydir sifat, o‘ziga xos xususiyatlarni o‘lchash,
natijalarni o‘zaro solishtirish va tasdiqlashga qaratilgan chora-tadbir.
Test metodi (ingl. “test” – sinash, tekshirish) – o‘rganilayotgan
shaxsning aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati, muayyan ish-harakat,
faoliyatni bajarishga doir ko‘nikma, malakalari, shaxsiy va irodaviy
sifatlari, ruhiy xususiyatlari, shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar
sinfi)ga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashda qo‘llaniladigan qisqa
standart tekshirish yoki sinov usuli
17
.
Do'stlaringiz bilan baham: |