Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Tekshirish (yoki tekshiruvdan o‘tkazish) –


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Tekshirish (yoki tekshiruvdan o‘tkazish) – tadqiqot ob’ekti bo‘lgan 
shaxs yoki jarayonga oid dalillarning tashxis ma’lumotlari bilan o‘zaro 
solishtirish va ularning tasdiqlanishini ta’minlovchi jarayon. 
Metod (qad. yun. “μέθοδος”– yo‘l, usul; yun. “methodos” – tadqiqot 
yo‘li, usuli) – muayyan maqsadga erishish uchun ma’lum yo‘lni, tartib 
yoki tizimga solingan faoliyat usulini tanlash
16
. Mazkur tushuncha 
turlicha talqin qilinadi. Jumladan, 1) faoliyat usuli; 2) qandaydir 
faoliyat usullarining majmui; 3) harakat usuli yoki ko‘rinishi; 4) harakat 
tizimi; 5) ta’sir ko‘rsatish yo‘li; 6) maqsadga erishish uchun tashkil 
etilayotgan harakat.
Tashxislovchi metodlar – olingan natijalar asosida psixologik hamda 
pedagogik jarayonning mohiyatini, muayyan shaxsga yoki shaxslar 
guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ning o‘ziga xos xususiyatlarni 
ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘lchash, ularni o‘zaro solishtirish va 
tasdiqlashga xizmat qiladigan metodlar. Odatda, tashxis metodlari 
16
Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова. 
– Наманган: НамДУ, 2014. – 130-б.


12
sifatida anketa, suhbat, test, intervyu, pedagogik kuzatish, ekspert 
baholash, natijalarni matematik qayta ishlash (matematik-statistik 
metod) kabilar qo‘llaniladi. 
Tashxislovchi metodika – ma’lum me’yorlarga tayangan holda 
muayyan shaxs, shaxslar guruhi ( o‘quvchilar sinfi) yoki o‘rganilayotgan 
jarayonga xos qandaydir sifat, o‘ziga xos xususiyatlarni o‘lchash, 
natijalarni o‘zaro solishtirish va tasdiqlashga qaratilgan chora-tadbir. 
Test metodi (ingl. “test” – sinash, tekshirish) – o‘rganilayotgan 
shaxsning aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati, muayyan ish-harakat, 
faoliyatni bajarishga doir ko‘nikma, malakalari, shaxsiy va irodaviy 
sifatlari, ruhiy xususiyatlari, shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar 
sinfi)ga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashda qo‘llaniladigan qisqa 
standart tekshirish yoki sinov usuli
17
.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling