Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Ko‘rsatkich (lot. “indicator” – ko‘rsatkich) – aniq ob’ektda namoyon 
bo‘ladigan qandaydir o‘lchov birligi yoki o‘zgarish sifati (mezoni). 
Mezon, uning miqdoriy va sifat tavsifi bo‘yicha ob’ektning turli 
holatlarini muhokama qilishga imkon beradigan o‘lchov, chegara. 
Ko‘rsatkich, odatda, o‘lchanadigan mezonning tashqi jihatdan juda 
yaxshi farqlashga imkon beradi. 
Rivojlanishni bashoratlash – dinamik xarakterga ega modelning asosiy 
natijasi bo‘lib, uning yordamida tashxislanuvchi ob’ektning sabab-
oqibatli o‘zaro bog‘liqligi, uning mavjud bo‘lishini ta’minlovchi jarayon 
qonuniyatlari to‘g‘risidagi qarashlar tartiblanadi.

 
Shunday qilib, zamonaviy sharoitda pedagogik diagnostika g‘oyalarini 
amaliyotda qo‘llash didaktik va tarbiyaviy jarayonlarni ilmiy, metodik, tashkiliy
amaliy jihatdan to‘g‘ri tashkillashtirilishini ta’minlaydi. O‘quvchilar tomonidan 
BKMning samarali o‘zlashtirilishi uchun sharoit yaratadi. Qolaversa, pedagogik 
jarayonda muayyan kamchiliklar ko‘zga tashlansa, ularni tezkor bartaraf etish, 
istiqbol vazifalarni oqilona belgilashga yordam beradi.
 
Nazorat savollari: 
1. “Pedagogik diagnostika” tushunchasi ilk marta kim tomonidan 
qo‘llanilagan? 
2. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”ning o‘quv fanining rivojlanishiga 
kimlar hissa qo‘shgan? 
3. “Diagnostika” va “pedagogik diagnostika” tushunchalari qanday ma’noni 
anglatadi? 
4. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani qanday maqsadni ko‘zlaydi? 
5. O‘quv fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
6. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani qanday asosiy tushuncha 
(kategoriya)larga ega. 
7. Tashxis nima? 
8. “Mezon” va “ko‘rsatkich” tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik 
nimadan iborat?

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling