Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

3. Izohlash (talqin qilish) tashxislash natijasida qo‘lga kiritilgan 
ma’lumotlarni tahlil qilish va ular asosida ma’lum xulosaga kelish jarayoni holatni 
izohlash yoki talqin qilish deyiladi. Rivojlanish prognozini tayyorlash va 
pedagogik qarorni qabul qilish xulosaga tayangan holda holatning izohlanishi 
(talqin qilinishi)ga bog‘liq. Izohlash (talqin qilish) to‘plangan ma’lumotlar aniq 
bo‘lganidagina amalga oshiriladi. Tashxis jarayonida faqat bir nafar o‘qituvchining 
shaxsiy kuzatuvlari asosida to‘plangan ma’lumotlargina emas, balki boshqa fan 
o‘qituvchilari hamda mutaxassislarning o‘rganishlari orqali ega bo‘lingan 
qo‘shimcha dalillar ham tahlil qilinadi. O‘qituvchi yoki o‘qituvchi (mutaxassis)lar 
ega bo‘lgan ma’lumotlar ob’ektiv va sub’ektiv yondashuv, samarali usullar 
yordamida har tomonlama sinchiklab o‘rganiladi, tahlil qilinadi. Binobarin
shundagina, xulosaning xolis, to‘g‘ri bo‘lishiga erishiladi.
4. Bashoratlash. Pedagogik diagnostikada o‘qituvchi o‘quvchining turli 
vaziyatlarda yoki muayyan muddat (1, 2, 3 va hokazo yil)dan keyin o‘zini tutishi, 
muomalasi, atrofdagilar bilan munosabatiga oid ma’lumotlar doimiy ravishda 
ekstrapolyasiya qiladi (ob’ekt yoki jarayonining bir qismini kuzatish asosida 
chiqarilgan xulosani boshqa tarkibiy elementlarga teng taqsimlaydi). Tashxis 
natijasida olingan ma’lumotlar, ular asosida tuzilgan xulosalarga tayangan holda 
o‘qituvchi o‘quvchining har xil vaziyatlardagi harakatlarining istiqbolini belgilash 
(bashoratlash) imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bashoratlash o‘quvchiga nima uchun va 
qanday pedagogik yordam zarurligini tushunishga yordam beradi. 
8. Qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish. Pedagogik diagnostikaning 
zamonaviy muammolari juda ko‘p va xilma-xildir. Bu holat turli sabablar bilan 
izohlanadi. Ya’ni: pedagogik diagnostikaning ilmiy-metodologik asosi nazariy 
jihatdan hali yetarli darajada asoslanmagan; pedagogik diagnostikani amalga 
oshirishga bo‘lgan talabning xilma-xil mazmunga egaligi (ilmiy-pedagogik 
ekspertiza, tadqiqot faoliyati, o‘quv amaliyoti); diagnostik masalalarni hal qilishga 
differensial (tabaqaviy) yondashuvning talab qilinishi (sabab – pedagogik 
diagnostika maqsadining turlicha ekanidir). 
Zamonaviy sharoitda pedagogik diagnostika vositalarini o‘quvchilarning har 
tomonlama rivojlanishini ta’minlay oladigan darajada takomillashtirish talab 
qilinadi. Qolaversa, har bir o‘quvchining muammo va yutuqlariga tayangan holda 
uni rivojlantirish traektoriyasini oqilona belgilash maqsadga muvofiqdir. Bunda, 
eng muhimi, pedagogik diagnostika jarayoni bosqichlari to‘g‘ri belgilash va ularni 
izchil tashkil etish muhim ahamiyatga ega. 
Demak, zamonaviy sharoitda har bir o‘qituvchi har o‘qituvchi pedagogik 
diagnostika asoslarini puxta bilishi, bu boradagi mavjud bilimlaridan ta’lim va 
tarbiya jarayonida samarali foydalana olishi zarur. Zero, shunda pedagogik 
jarayonning samaradorligini ta’minlash va o‘quvchilarni har tomonlama 
rivojlangan shaxs etib tarbiyalashga erishiladi. 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling