Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
II. Pedagogik diagnostikaning asosiy turlari
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy diagnostika
II. Pedagogik diagnostikaning asosiy turlari. Har bir faoliyatning jamiyat
uchun ijtimoiy, sub’ekt uchun shaxsiy ahamiyati, qiymati uning qay darajada samarali bo‘lgani, muayyan natijalarni kafolatlay olgani bilan belgilanadi. Shu sababli qaysi sohada bo‘lishidan qat’i nazar faoliyat samaradorligini aniqlash 23 Полякова М.Н. Зачем нужна педагогическая диагностика? //https://nsportal.ru/vuz/pedagogicheskie-nauki/library/2018/05/05/zachem-nuzhna-pedagogicheskaya- diagnostika. 19 uchun u erishilgan natija – aniq ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi. Tahlil natijasiga ko‘ra faoliyatning samarali bo‘lgani to‘g‘risidagi xulosaga kelinadi. Faoliyat samaradorligini aniqlash bir necha yo‘l, metod yoki usullar bilan aniqlanadi. Pedagogik diagnostika bu boradagi mavjud yo‘l, meod va usullarni o‘zida to‘la qamrab olgan faoliyat shakli hamda alohida mustaqil soha sanaladi. Ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan pedagogik diagnostika yaxlit jarayon bo‘lib, u o‘z ichiga bir nechta turdagi diagnostik faoliyatni qamrab oladi. Manbalarda pedagogik diagnostikaning bir nechta turi mavjudligi ko‘rsatiladi. Ular quyidagilardir (4-rasm): Asosiy diagnostikani o‘tkazishning asosiy usuli – bir qator boshqa usullar bilan to‘ldirilgan ishtirokchi kuzatuv usuli sanaladi. Bu turdagi tashxis yiliga ikki marta o‘tkaziladi va sinfdagi barcha o‘quvchilarni qamrab oladi. Mohiyatiga ko‘ra asosiy boshlang‘ich diagnostika o‘quvchining joriy vaqtgacha erishgan yutuqlari, shuningdek, rivojlanishdagi muammolari aniqlanadi. Mavjud muammolarni hal qilish uchun o‘quvchiga o‘qituvchi, ota-onalar yoki mutaxassisning yordami zarur. Asosiy boshlang‘ich diagnostika asosida o‘qituvchi psixolog va mutaxassis o‘qituvchilar bilan birgalikda o‘quvchining shaxs sifatida rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlaydi. Shu bilan birga uning o‘quv faoliyatida hamda shaxs sifatida shakllanishida yutuqlarga erishishi uchun kattalarning kasbiy yordami yoki hayotiy tajribasiga asoslangan maslahatlari kerak. Asosiy boshlang‘ich diagnostika orqali pedagogik yordamga muhtoj o‘quvchilar uchun individual ish rejasi ishlab chiqiladi. Rejada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar, shuningdek, o‘quvchining shaxsiy rivojlanishiga imkon beradigan bir yillik ta’lim yo‘nalishi belgilanadi. O‘quv yili oxirida o‘tkaziladigan asosiy yakuniy diagnostikaning natijalariga ko‘ra o‘qituvchining oldiga qo‘yilgan pedagogik vazifalarning hal qilinish darajasi tahlil qilinib, baholanadi. Qolaversa, pedagogik jarayonni Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling