Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Tezkor diagnostika favqulotda muammolarni hal qilish sifatini baholashga 
qaratilgan. U tarbiyaviy ish doirasida kerak bo‘lganda amalga oshiriladi, murakkab 
vositalarni talab qilmaydi va tarbiyachiga bolalar bilan muloqot qilishning to‘g‘ri 
taktikasini tanlashda yordam beradi. Tezkor diagnostikaning asosiy shakllari 
diagnostika darsi, oddiy eksperimental vaziyat, suhbat va boshqalar bo‘lishi 
mumkin. 
 
III. Pedagogik diagnostika va korreksiyaning o‘ziga xos jihatlari. Har 
qanday jarayonda bo‘lgani kabi pedagogik diagnostikada ham o‘ziga xususiyatlar, 
ungagina xos bo‘lgan jihatlar ko‘zga tashlanadi. Diagnostik faoliyatda quyidagi 
ustuvor jihatlarni ajratish mumkin (5-rasm): 
1. Taqqoslash diagnostika jarayonining boshlanish nuqtasidir. Pedagogik jarayonda 
o‘qituvchi o‘quvchining xulq-atvorini kuzatib, uning xatti-harakatlarini avvalgi 
xatti-harakatlari bilan yoki hozirgi yoki avvalgi, shuningdek, boshqa 
o‘quvchilarning xatti-harakatlari bilan yoki bo‘lmasa, mutlaqo notanish 
o‘quvchining xatti-harakatlari bilan solishtiradi. Bu holat pedagogik diagnostikada 
individual, ijtimoiy yoki ob’ektiv korrelyasion me’yor deb ataladi.
2. Tahlil qilishda kuzatishning qiyosiy tasnifidan chetga chiqiladi. Bunda 
quyidagi savollarga javob topiladi: 1. Nima uchun o‘quvchining muayyan yosh 
davridagi xulq-atvori avvalgi xatti-harakatlaridan, sinfdoshlarining xatti-
harakatlaridan farq qiladi? Nima sababdan ayrim o‘quvchilarning xulq-atvorida 
“og‘ishlar” kuzatiladi? Tahlil qilish orqali o‘quvchining tashxislanayotgan sifati, 
holatidagi ijobiy va salbiy ko‘rinishlarning sabablari o‘rganiladi, aniqlanadi hamda 
uni korreksiyalash choralari ishlab chiqiladi. O‘quvchi bilan individual ishlash ish 
rejasi tuziladi.
5-rasm. Pedagogik диагностиканинг устувор jihatlari 
Ustuvor jihatlar 
Taqqoslash
Tahlil qilish
Izohlash (talqin qilish)
Bashoratlash
Qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish


21

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling