Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


-rasm. Pedagogik diagnostikaning ustuvor tamoyillari


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

6-rasm. Pedagogik diagnostikaning ustuvor tamoyillari


26
Ma’lumki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarda faoliyat muayyan shakl
metod, vosita va texnologiyalar yordamida tashkil etiladi. Kutilgan natijani qo‘lga 
kiritishda ularning to‘g‘ri tanlanganligi muhim bo‘lsa, ular o‘rtasida o‘zaro birlikni 
qaror toptirish ham shunchalik muhimdir. 
8. Tashxis texnologiyasining maqsadga muvofiqligi. Texnologik yondashuv 
o‘z mohiyatiga ko‘ra faoliyatni muayyan izchillikda, tizimli, uzluksiz amalga 
oshirilishini tavsiflaydi. Pedagogik tashxis jarayonining texnologiyalashtirilishi 
bosqichli harakatlarning og‘ishmay, bir maromda tashkil etilishiga olib keladi.
9. Tashxis natijalarining ishonchliligi va ularning xolis baholanishi. 
O‘quvchilarning mavjud bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini ko‘rsatuvchi 
natijalarning haqqoniy va ishonchli bo‘lishi uchun tashxislanuvchilarning tajriba 
hamda nazorat guruhlariga ajratilishi, barcha tashxislanuvchilarning anketa, test 
topshiriqlariga bevosita va xolis javob berishlari, amaliy, ijodiy topshiriqni 
bajarishda belgilangan vaqt reglamentiga rioya qilishlari maqsadga muvofiqdir. 
Binobarin, tashxis natijalarning haqqoniy va ishonchli bo‘lishi istiqbol vazifalarini
belgilashga, korreksion ishlarni tashkil etishga imkon beradi.
10.  Natijalarning maqsadga muvofiqligi. Tashxislash natijalari qo‘yilgan 
maqsadning xarakteriga mos bo‘lishi, o‘rganilayotgan holatni ifodalay olishi zarur. 
Bordi-yu, olingan natijalar maqsad negizida ko‘zda tutilgan holatlarni yorita 
olmasa, u holda tashxislash jarayonini noto‘g‘ri tashkil etilgan, degan xulosaga 
kelinadi.
2. Pedagogik diagnostika darajalari va bosqichlari. Qaysi sohada 
bo‘lishidan qat’i nazar diagnostika natijalari turli darajalarda namoyon bo‘ladi.
Pedagogik diagnostikaning asosiy darajalari quyidagilardir (7-rasm): 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling